1−14-may kunlari Janubiy Koreyaning Chundju shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi Yoshlar siyosati va sport vazirligi matbuot xizmati.

Musobaqada ishtirok etayotgan Ruslan Nurudinov dast ko‘tarish mashqida 177 kg bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. Siltab ko‘tarishda esa 228 kg yetarli bo‘ldi.

Yakunda ikkikurash natijasiga ko‘ra 405 kg bilan, eng yaqin ta’qibchisini 6 kgga ortda qoldirib, ushbu vazn toifasida u barcha raqibalaridan ustun kelib, Osiyo chempioniga aylandi. Bu uning Osiyo chempionatidagi to‘rtinchi g‘alabasi bo‘ldi: 2012, 2013 va 2020-yilgi chempionatlarda birinchi o‘rinlarni egallagan.

осиё chempionati, og‘ir atletika, рuслан нuрuдинов

Avvalroq erkaklar o‘rtasida -67 kg vazn toifasidagi musobaqada Adhamjon Ergashev kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgandi. Chempionatining ayollar o‘rtasidagi -87 kg vazngacha o‘tkazilgan bahslarda esa Rigina Adashbayeva ham kumush va bronza medallarga ega chiqdi.