«qayta tiklanuvchi energiya manbalari» tegli maqolalar


Quyosh paneli o‘rnatilganda soliq imtiyozlarini qo‘llashga cheklov olib tashlandi
12 avgust 2024, 19:03

Quyosh paneli o‘rnatilganda soliq imtiyozlarini qo‘llashga cheklov olib tashlandi

Prezident Soliq qo‘mitasiga quyosh panellarini o‘rnatishda yer va mol-mulk solig‘i imtiyozlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha cheklovni olib tashlash topshirig‘ini berdi. Hozirda imtiyoz faqat maydonning qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalari o‘rnatilgan qismiga tegishli.

O‘zbekistonda “yashil” stansiyalar ishlab chiqaradigan elektr energiyasi ulushi 25−30 foizga yetdi — Energetika vazirligi
5 avgust 2024, 17:26

O‘zbekistonda “yashil” stansiyalar ishlab chiqaradigan elektr energiyasi ulushi 25−30 foizga yetdi — Energetika vazirligi

O‘zbekistonda 2024-yilda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 25−30 foiz qismi “yashil” stansiyalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 3 yilda IESlar ishlab chiqargan elektr energiyasi ulushi 90 foizdan 70 foizgacha tushdi.

2024-yil oxiriga kelib O‘zbekistonda QTEMning elektr energiyasi ishlab chiqarishdagi ulushi 18 foizga yetadi — vazir
14 may 2024, 22:30

2024-yil oxiriga kelib O‘zbekistonda QTEMning elektr energiyasi ishlab chiqarishdagi ulushi 18 foizga yetadi — vazir

2024-yilda O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini elektr energiyasi ishlab chiqarish umumiy hajmida 18 foizga yetkazish rejalashtirilgan, dedi energetika vaziri. Ozarbayjon va Qozog‘iston bilan birga Vengriya, Ruminiya va Yevropaning boshqa davlatlariga “yashil” energiya eksport qilinadi.

Qayta tiklanadigan energiya manbalarini import qilishda bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lashga ruxsat berildi
11 yanvar 2024, 17:45

Qayta tiklanadigan energiya manbalarini import qilishda bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lashga ruxsat berildi

Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asbob-uskunalari, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarini import qilishda bojxona to‘lovlarini 120 kun muddatga foizlar undirilmagan holda kechiktirib to‘lashga ruxsat berilishi belgilandi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatgan shaxslar soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi
17 fevral 2023, 14:21

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatgan shaxslar soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qurilmalarni o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar 1 apreldan ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘i, u egallab turgan uchastkalar uchun yer solig‘i va ishlab chiqarilgan energiyani sotishdan olingan foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.

2023-yilda 4300 MVtlik qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda
17 fevral 2023, 11:36

2023-yilda 4300 MVtlik qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 2023 yilda umumiy quvvati 4300 MVt bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Bunga 15,4 mlrd dollar yo‘naltiriladi. Ijtimoiy obyektlar va davlat organlari binolariga bunday qurilmalarni o‘rnatish bo‘yicha “Yashil energiya” kompaniyasi tashkil etilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting