Izboskan tumanida 2 fuqaro “xonadoniga xavf tug‘dirayotgani va qurilish ishlariga xalal bergani uchun” 3 tup g‘arb chinori daraxtini kesgandi. Sud ularga 131,4 mln so‘mlik zararni qoplash bilan birga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.
Toshkentdagi universitetning 20 yoshli talabasiga voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqada bo‘lgani uchun 3 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Unga ko‘ngilochar joylarga bormaslik, spirtli ichimliklar ichmaslik, internetdan foydalanmaslik va boshqa taqiqlar yuklandi.
2023-yilning o‘tgan uch oyi mobaynida 13 907 nafar kishi sudlandi. Shundan 3 707 nafar shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. 2022-yilda esa 56 542 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Shundan 14 081 nafar shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting