YUNISEF Qashqadaryo viloyatiga 150 ming ona-bolaga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun kislorod uskunalarining birinchi partiyasini yetkazdi. Ular yordamida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning omon qolish ko‘rsatkichlari oshishi ta’kidlandi.
Qashqadaryodagi Ona va bola salomatligi tibbiyot markazida Belarus boshqaruv tizimini joriy etish, viloyatdagi 900 nafar doyani ushbu davlat ta’lim standartlari asosida o‘qitish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Belarus vakillari O‘zbekiston sog‘liqni saqlash kodeksini ishlab chiqishda yordam berishini bildirdi.
Prezident qarori bilan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallari tashkil etiladi. Ularda irsiy kasalliklari bor bolalar maxsus dori vositalari va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting