YUNISEF Qashqadaryo viloyatida 150 ming ona va bolaga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun kislorod uskunalarining birinchi partiyasini yetkazib berdi. Bu haqda tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xabar bermoqda.

Uskunalar Viloyat bolalar shifoxonasi va Viloyat perinatal markaziga topshirildi.

Keltirilgan tibbiy uskunalar yordamida tibbiyot xodimlari og‘ir ahvoldagi yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va onalarning hayotini saqlab qolish uchun tezkor harakatlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning omon qolish ko‘rsatkichlari oshadi, deyiladi xabarda.

юнисеф, kislorod uskunalarи, ona va бола саломатлиги

YUNISEF tug‘uruq vaqtida va undan keyingi davrda hayotni saqlab qoluvchi tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash uchun ko‘mak berishda davom etayotgani ta’kidlandi.

Kislorod uskunalarini yetkazib berish YUNISEFning koronavirusga qarshi kurash vositalaridan foydalanishni tezlashtirish uchun ta’minotni moliyalashtirish fondi yordamida amalga oshirildi.