«giyohvandlik» tegli maqolalar


Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi
8 may 2024, 23:45

Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi

O‘zbekistonda Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi. Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq vaziyatni hududlar kesimida o‘rganish markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Markaz direktorining maqomi prezident maslahatchisi o‘rinbosarinikiga tenglashtirildi.

O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurash takomillashtiriladi. Batafsil
8 may 2024, 23:20

O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurash takomillashtiriladi. Batafsil

O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha 4 yillik milliy strategiya qabul qilindi. Bunda ichki ishlar organlarini narkotesterlar bilan ta’minlash, jinoyatlarni aniqlashda dronlardan foydalanish, mutaxassislar tayyorlash hajmini 5 baravarga oshirish va boshqalar maqsad qilingan. Batafsil.

Buxoroda IIBning ikki xodimi giyohvand moddalar savdosiga aloqadorlikda gumonlanmoqda
18 mart 2024, 11:04

Buxoroda IIBning ikki xodimi giyohvand moddalar savdosiga aloqadorlikda gumonlanmoqda

IIV Buxoro viloyati IIBning ikki nafar xodimi narkotik moddalar savdosida ishtirok etganlikda gumonlanib, qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Ulardan birinchisi Buxoro shahri IIB jinoyat qidiruv bo‘linmasida, ikkinchisi viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasining giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘limida ishlagan.

Afg‘onistondan narkotrafikning o‘sishi ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan bog‘liq emas — Ismatulla Irgashev
4 noyabr 2022, 22:52

Afg‘onistondan narkotrafikning o‘sishi ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan bog‘liq emas — Ismatulla Irgashev

«Tolibon» giyohvand moddalar ishlab chiqarishga qarshi oldingi tuzumga qaraganda qat’iyroq kurashmoqda, dedi O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev. U narkotrafikning o‘sishi ishlab chiqarish hajmining ortishi emas, zaxiralardan foydalanish bilan bog‘liqligini ta’kidladi.

Qur’on ichiga giyohvand modda yashirgan shaxsning Diniy idora tizimida ishlamasligi ma’lum qilindi
10 sentabr 2020, 18:28

Qur’on ichiga giyohvand modda yashirgan shaxsning Diniy idora tizimida ishlamasligi ma’lum qilindi

«Jinoyat qilgan odamning dinga bo‘lgan munosabati har qanday holatda ham oldingi sahnaga olib chiqilmaslik kerak» — Musulmonlar idorasi Qur’oni karim ichiga giyohvand modda yashirgan shaxsning Diniy idora tizimida ishlamasligi haqida ma’lum qildi. Bu haqdagi xabarlarda tilga olingan «imom-xatib», «mulla» so‘zlari «shaxs», deb qayta tahrir qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting