Senatorlar «Bank siri to‘g‘risida» va «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida"gi qonunlarga o‘zgartishlar kiritishni ma’qulladi. Prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlariga Markaziy bank ma’lumotlar bazalaridagi hisobvaraqalar haqidagi ma’lumotlarni olishga ruxsat berildi.
Davlat bojxona qo‘mitasining xabar berishicha, bank sirlari to‘g‘risidagi qonunga qo‘shimcha kiritishdan maqsad tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga nisbatan bojxona nazoratining soddalashtirilgan shakllarini qo‘llash va yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirishdir.
Davlat bojxona qo‘mitasi import va eksport bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarning bank ma’lumotlariga ega bo‘lish huquqini qo‘lga kiritish uchun bank siri to‘g‘risidagi qonunga qo‘shimcha kiritishni taklif qilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting