«azon.uz» tegli maqolalar


Azon.uz faoliyatini to‘xtatdi
5 avgust 2023, 15:33

Azon.uz faoliyatini to‘xtatdi

Islom dini mavzusiga ixtisoslashgan Azon.uz sayti o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda loyiha asoschisi Mubashshir Ahmad ma’lum qildi. Nashrning ijtimoiy tarmoqlardagi veb-sayti va sahifalari ochilmay qoldi. Azon TV YouTube sahifalaridan diniy videolar olib tashlandi.

“Bugungi sukunat orqali sohadagi barcha muammolarga e’tibor qaratishni istadik” — Kun.uz
23 iyun 2021, 00:26

“Bugungi sukunat orqali sohadagi barcha muammolarga e’tibor qaratishni istadik” — Kun.uz

Kun.uz 22-iyun kuni o‘zbek tilidagi xabarlar lentasini yangilamadi. Nashr mamlakatda so‘z erkinligi bilan bog‘liq ayrim qonunchilik me’yorlari hamon eski qoliplarda qolayotgani, bunday kamchiliklar istalgan vaqtda so‘z erkinligiga qarshi qurol sifatida foydalanilishi mumkinligini ma’lum qildi.

«Maqsad bizning ovozimizni o‘chirish bo‘ldi» — Azon.uz rahbariyati saytdagi maqolalar uchun jarimaga tortildi
22 iyun 2021, 17:35

«Maqsad bizning ovozimizni o‘chirish bo‘ldi» — Azon.uz rahbariyati saytdagi maqolalar uchun jarimaga tortildi

Azon.uz nashri rahbariyati saytda e’lon qilingan diniy mazmundagi maqolalar uchun jarimaga tortildi. Shuningdek, sud saytdagi ba’zi xorijiy xabarlarni «O‘zbekistonning boshqa davlatlar bilan munosabatini buzishi mumkin» deb topgan. Azon.uz bosh muharriri «Gazeta.uz»ga ushbu sud jarayonini «jurnalistik faoliyatga tajovuz» deya ta’rifladi. Uning aytishicha, Diniy qo‘mita tahririyatga diniy materiallarni mustaqil chiqarish uchun og‘zaki ruxsat bergan bo‘lgan. Sud qaroridan keyin nashr yangiliklarni e’lon qilishni to‘xtatdi.

Azon.uz ta’sischisi Mubashshir Ahmad Din qo‘mitasidan tahdid bo‘lganligini ta’kidlamoqda
4 fevral 2021, 16:24

Azon.uz ta’sischisi Mubashshir Ahmad Din qo‘mitasidan tahdid bo‘lganligini ta’kidlamoqda

Mubashshir Ahmad 3 fevral kuni Din ishlari qo‘mitasi xodimi tomonidan qo‘ng‘iroq bo‘lganini aytdi. Aytilishicha, suhbatda qo‘mita raisining o‘rinbosari Mubashshir Ahmadga aloqador bo‘lmagan, axborot resurslarida e’lon qilingan maqolalar yuzasidan haqoratli so‘zlar bilan tahdid qilgan.

Azon.uz bosh muharriri tahririyat bosimga uchragani sabab ishdan bo‘shash bo‘yicha ariza berdi
4 fevral 2021, 11:06

Azon.uz bosh muharriri tahririyat bosimga uchragani sabab ishdan bo‘shash bo‘yicha ariza berdi

Azon.uz sayti bosh muharriri Abdulaziz Muborak Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Dilshod Eshnayev tomonidan tahririyatga bosim va tahdid bo‘lagani sabab ishdan bo‘shash bo‘yicha ariza yozgani haqida ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting