Mubashshir Ahmad 3 fevral kuni Din ishlari qo‘mitasi xodimi tomonidan qo‘ng‘iroq bo‘lganini aytdi. Voqea yuzasidan portal tahririyati rasmiy ma’lumot berdi.

Aytilishicha, suhbatda qo‘mita raisining o‘rinbosari Dilshod Eshnayev Mubashshir Ahmadga aloqador bo‘lmagan, axborot resurslarida e’lon qilingan maqolalar yuzasidan haqoratli so‘zlar bilan tahdid qilgan.

Azon.uz Qo‘mitadan rais o‘rinbosari Dilshod Eshnayev harakatlariga baho berishni va bu haqda jamoatchilikni xabardor qilishni so‘ragan.

Bundan oldin, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bu holat bo‘yicha bayonot berib, Azon.uz tahririyatiga bosim o‘tkazmaganini aytgan edi.

Azon.uz'ning xabarida oldin bu masala bo‘yicha munosabat bildirmaslikka qaror qilinganligi va qo‘mita bayonotidan so‘ng rasmiy ma’lumot berishga qaror qilinganligi aytilgan.