«akfa» tegli maqolalar


Jahongir Ortiqxo‘jayev 7 ta kompaniyasini sotganini ma’lum qildi. Hozir ular kimga tegishli?
1 fevral 2024, 22:51

Jahongir Ortiqxo‘jayev 7 ta kompaniyasini sotganini ma’lum qildi. Hozir ular kimga tegishli?

Toshkent shahrining sobiq hokimi va tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zining 7 ta kompaniyasi, jumladan, Magic City parki va Mediapark texnika do‘konlari tarmog‘ini sotganini aytdi. “Gazeta.uz” ochiq ma’lumotlarga asoslanib, ayni paytda ushbu kompaniyalar kimga tegishli ekanini o‘rganib chiqdi.

«3,5 yil ichida bir so‘mga ham xiyonat qilmadim». Toshkent hokimi homiylik, Akfa va Artel haqida
16 fevral 2022, 16:23

«3,5 yil ichida bir so‘mga ham xiyonat qilmadim». Toshkent hokimi homiylik, Akfa va Artel haqida

Toshkent hokimi oldin ishlagan kompaniyalari Artel va Akfa tomonidan shaharga ko‘rsatilayotgan homiylik yordami haqidagi savollardan charchaganligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyalar ba’zi aktivlarini sotib, mablag‘larni shahardagi loyihalarga homiylik qilishga yo‘naltirmoqda. Jahongir Ortiqxo‘jayev qilgan savob ishlari haqida hech kimga aytmaganligini, bu haqida afsuslanishini bildirdi. «3,5 yil ishlagan bo‘lsam, davlatning bir so‘m puliga ham xiyonat qilganim yo‘q», — dedi u.

Dizayner Akfa va Artel haqidagi hajviy video uchun uzr so‘radi
2 sentabr 2020, 22:40

Dizayner Akfa va Artel haqidagi hajviy video uchun uzr so‘radi

Dizayner Shavkat Egamberdiyev Akfa, Artel va Toshkent hokimi haqidagi hajviy videosi uchun uzr so‘radi. U ushbu videoni keng ommaga tarqalib ketganligi uchun Troll.uz ni «podstava» qilganlikda aybladi. Troll.uz muallifi rassomga nisbatan tahdid qilinganligini ta’kidlamoqda. Artel vakili «Troll.uz ning fikrlari har doim ham to‘g‘ri va adolatli bo‘lavermasligini» aytdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting