300 mingta ekspress-test va 500 ta sun’iy nafas oldirish apparati sotib olinadi
26 mart 2020, 21:31

300 mingta ekspress-test va 500 ta sun’iy nafas oldirish apparati sotib olinadi

Prezident 300 mingta ekspress-test va 500 ta sun’iy nafas oldirish apparati xarid qilishni topshirdi. Tibbiyot niqoblari ishlab chiqarishni kuniga 5 million donaga yetkaziladi.

O‘zbekiston prezidenti koronavirus masalasida xalqqa murojaat qildi
26 mart 2020, 20:33

O‘zbekiston prezidenti koronavirus masalasida xalqqa murojaat qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha yana bir bor xalqqa murojaat qildi. «Koronavirus menga yuqmaydi deb befarq yurganlar nafaqat o‘zining, balki ota-onasi, farzandlari, atrofidagilar, qolaversa, butun xalqimizning sog‘lig‘i va hayotini katta xavfga qo‘yishini chuqur anglab yetishi kerak», — dedi u.

Koronavirusga qarshi kurashda qatnashayotgan tibbiyot xodimlariga rag‘batlantirish to‘lovlari belgilandi
26 mart 2020, 20:32

Koronavirusga qarshi kurashda qatnashayotgan tibbiyot xodimlariga rag‘batlantirish to‘lovlari belgilandi

Koronavirusga qarshi kurashda qatnashayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga rag‘batlantirish to‘lovlari belgilandi. Ushbu jarayon davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan xodimlarga 100 mln so‘m, salomatligi tiklanmagan xodimlarga 250 mln so‘m bir marotabali to‘lov to‘lanadi.

Xususiy shifoxonalar ham koronavirusga chalingan bemorlarga xizmat ko‘rsatishi mumkin
26 mart 2020, 20:19

Xususiy shifoxonalar ham koronavirusga chalingan bemorlarga xizmat ko‘rsatishi mumkin

Xususiy shifoxonalarga koronavirusga chalingan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishga vaqtincha ruxsat berildi. Ular ro‘yxati SSV tomonidan tendersiz tuziladi. Kasallarni davolash xarajatlari esa Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi tomonidan qoplanadi.

Mazmunli karantin — #02
26 mart 2020, 19:00

Mazmunli karantin — #02

«Gazeta.uz» karantin davomida unumli vaqt o‘tkazishingiz uchun «Mazmunli karantin» loyihasini davom ettiradi. Loyiha davomida o‘zbek tiliga tarjima qilingan TED chiqishlari va TED-Ed darslari taqdim etib boriladi.

Ilk bora ayol kishi soliq inspeksiyasiga rahbar etib tayinlandi
26 mart 2020, 17:01

Ilk bora ayol kishi soliq inspeksiyasiga rahbar etib tayinlandi

Nargis Islamova Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Karantin davrida bir qator xorijiy telekanallar ochiq rejimda efirga uzatiladi
26 mart 2020, 16:13

Karantin davrida bir qator xorijiy telekanallar ochiq rejimda efirga uzatiladi

Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tiklangunga qadar fuqarolar uchun «Indiyskoye kino», «Dom Kino», «Disney», «Yeuronews» va «Discovery channel» kanallari ochiq rejimda efirga uzatiladi.

Samarqand shahriga transportlarda kirish to‘xtatiladi
26 mart 2020, 16:08

Samarqand shahriga transportlarda kirish to‘xtatiladi

27 mart kuni soat 06:00dan boshlab Samarqand shahriga barcha hududlardan transport vositalarida kirish to‘xtatiladi. Shu kundan boshlab shahar hududida tramvay va avtobuslar harakati ham to‘xtatiladi.

Qashqadaryoda chinor kesgan fermer katta miqdorda jarimaga tortildi
26 mart 2020, 15:07

Qashqadaryoda chinor kesgan fermer katta miqdorda jarimaga tortildi

Qarshi tumanida fermer ko‘p yillik chinorlarni noqonuniy kesib, tabiatga 100 mln so‘mlik zarar yetkazdi. Unga nisbatan sud qarori rasmiylashtirildi.

Karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda: niqob, yolg‘on xabarlar va boshqalar
26 mart 2020, 14:57

Karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda: niqob, yolg‘on xabarlar va boshqalar

Senat qonunchilikka epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik javobgarlikni kuchaytiruvchi o‘zgartishlar kiritilishini ma’qulladi. Epidemiya sharoitida yolg‘on xabarlarni tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etilmoqda.

Karantin qoidalarini buzgan 980 kishi ma’muriy javobgarlikka tortildi
26 mart 2020, 13:41

Karantin qoidalarini buzgan 980 kishi ma’muriy javobgarlikka tortildi

O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etilgan karantin qoidalarini buzgani uchun 980 kishiga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi.

Andijon shahriga kirish va chiqish to‘xtatiladi
26 mart 2020, 13:11

Andijon shahriga kirish va chiqish to‘xtatiladi

27 martdan Andijon shahriga kirish va chiqish to‘xtatiladi. Kommunal xizmatlar va telefon aloqasi uchun qarzdorlar ikki oy davomida xizmatlardan uzilmaydi.

Koronavirusga qarshi kurashish uchun kasalxonalar qurilishi boshlandi
26 mart 2020, 12:41

Koronavirusga qarshi kurashish uchun kasalxonalar qurilishi boshlandi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish uchun shifoxonalar qurilishi boshlandi. Ulardan birinchisini 5 kun ichida foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.

1 apreldan nimalar o‘zgaradi?
26 mart 2020, 12:00

1 apreldan nimalar o‘zgaradi?

YATTlar uchun ijtimoiy soliq miqdorining kamaytirilishi, 1995 yilgacha O‘zbekistonga kelganlarning fuqaro deb tan olinishi, yer uchastkalarini dehqonchilik uchun ochiq tanlov orqali ajratish tajribasi va boshqalar — 1 apreldan nimalar o‘zgaradi?

Shoir Oxunjon Hakimov olamdan o‘tdi
26 mart 2020, 11:24

Shoir Oxunjon Hakimov olamdan o‘tdi

O‘zbekiston xalq shoiri Oxunjon Hakimov 86 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

O‘zbekistonda zilzila qayd etildi
26 mart 2020, 11:16

O‘zbekistonda zilzila qayd etildi

Tojikiston hududida sodir bo‘lgan zilzila Toshkent va boshqa shaharlarda ham sezildi. Poytaxtda yer osti silkinishlari kuchi 4 balni tashkil etdi.

Koronavirus: Infeksiya aniqlanganlar soni 65 kishiga yetdi
26 mart 2020, 11:08

Koronavirus: Infeksiya aniqlanganlar soni 65 kishiga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni yana beshtaga oshib, 65 nafarni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda Covid-19 koronavirus bemorlari soni 60 kishiga yetdi
26 mart 2020, 00:09

O‘zbekistonda Covid-19 koronavirus bemorlari soni 60 kishiga yetdi

Istanbulda bo‘lib qaytgan namanganlik fuqaroda ham koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ayni paytda u Namangan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Koronavirus bemorlari soni 60 kishiga yetdi.

Namangan shahriga kirish va chiqish to‘xtatiladi
25 mart 2020, 23:59

Namangan shahriga kirish va chiqish to‘xtatiladi

26 martdan Namangan shahriga kirish va chiqish to‘xtatiladi. Ikki oy davomida kommunal xizmatlar va telefon aloqasi uchun qarzdorlar xizmatlardan uzilmaydi.

Yana uch fuqaroda koronavirus aniqlandi
25 mart 2020, 22:26

Yana uch fuqaroda koronavirus aniqlandi

Xorijda bo‘lib qaytgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan yana uch fuqaroda COVID-19 aniqlanib, holatlar soni 59 taga yetdi. 25 mart kuni jami 9 kishining virus yuqtirgani tasdiqlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting