O‘zbekiston xalq shoiri Oxunjon Hakimov uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 26 mart kuni 86 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Oxunjon Hakimov (1934 y. t.) Farg‘ona Davlat pedagogika institutini tugatgan. Viloyat va respublika markaziy gazetalarida, «Mehnat va turmush» jurnalida faoliyat ko‘rsatgan. U hamisha odamlarning baxt-saodati, imoni, ma’naviyat haqida o‘z qarashlarini olg‘a suradi, deyiladi Arboblar.uz saytida.

Shoirning «Ilhom vodiysi», «Farg‘ona ruboiysi», «Vatan qasidasi», «Lirika», «Dostonlar», «Ko‘zlaringni o‘zi qora», «Qizlar xayol sursalar» kabi she’riy guldastalari, «Muhabbatni ko‘zlardan izlang» (1996) nomli she’riy majmuasi hamda «Yashasin, dovdirlar», «Yasha, so‘rg‘ich», «Qatiqxo‘r», «Qadr», «Xotinimning muovini» kabi hikoyalari bilan mashhur edi.

U «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan. 2006 yilda «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni berildi.