Xorijda bo‘lib qaytgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan yana uch fuqaroda COVID-19 infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

25 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni jami 9 kishiga ko‘payib, 59 nafarga yetdi. Dastlab ertalab soat 9:00 holatida bemorlar soni 5 nafarga ortib, 55 kishiga yetgani xabar qilingan edi. So‘ngra xorijda bo‘lib qaytgan bemor bilan muloqotda bo‘lgan yana bir nafar fuqaroda aniqlangani ma’lum bo‘ldi.