27 mart kuni soat 06:00dan boshlab, Samarqand shahriga barcha hududlardan kirish har qanday transport vositalari (avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport) uchun to‘xtatiladi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Quyidagi hollarda cheklovlar amal qilmaydi:

  • yuk tashish bilan bog‘liq hollarda;
  • Samarqand shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga;
  • Samarqand shahrida joylashgan mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilot (nodavlat tashkilot)larda mehnat (xizmat) faoliyatini olib borayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari;
  • viloyat epidemiyaga qarshi kurashish favqulotda komissiyasining alohida topshirig‘iga asosan viloyat tumanlariga biriktirilgan mas’ul xodimlarga.

Bundan tashqari 27 mart kuni soat 06:00dan boshlab Samarqand shahri hududida tramvay va avtobuslar harakati to‘xtatiladi.