Istanbuldan qaytgan namanganlik fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Hozirda u Namangan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

25 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni jami 10 kishiga ko‘payib, 60 nafarga yetdi. Dastlab ertalab soat 9:00 holatida bemorlar soni 5 nafarga ortib, 55 kishiga yetgani xabar qilingan edi. So‘ngra xorijda bo‘lib qaytgan bemor bilan muloqotda bo‘lgan yana bir nafar fuqaroda aniqlangani ma’lum bo‘ldi. Yana uch nafar fuqaro xorijdan qaytgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lib, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan.