Andijon tumaniga yangi hokim tayinlandi
1 may 2024, 23:46

Andijon tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bungacha Marhamat tumani hokimi bo‘lib ishlagan Bobirbek Yuldashev Andijon tumaniga hokim bo‘ldi. Shu tariqa bir kun ichida Andijon viloyatidagi uchta tuman rahbari o‘zgardi.

7 ta davlat kompaniyasi aksiyalarini xalqaro bozorda sotish rejalashtirilmoqda
1 may 2024, 22:44

7 ta davlat kompaniyasi aksiyalarini xalqaro bozorda sotish rejalashtirilmoqda

Prezident 2025-yilda NKMK, OKMK va “O‘zbektelekom"ning 5 foizgacha aksiyalarini xalqaro fond bozoriga joylashtirish to‘g‘risida topshiriq berdi. Shuningdek, 7 ta davlat kompaniyasi aksiyalarini xalqaro investorlarga sotish rejalashtirilmoqda.

1-maydan pensiya va nafaqaning eng kam miqdorlari oshiriladi
1 may 2024, 22:08

1-maydan pensiya va nafaqaning eng kam miqdorlari oshiriladi

O‘zbekistonda 1-maydan boshlab ish staji to‘liqsiz chog‘dagi yoshga doir pensiya va boquvchisini yo‘qotgan oilaning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz a’zosi uchun pensiya miqdori 4,3 foizga oshiriladi. Bu miqdor minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichi (kambag‘allik chegarasi) darajasiga yetkazildi.

Budjet defitsiti inflyatsiyaga bevosita ta’sir qiladi — MB raisi Mamarizo Nurmuratov
1 may 2024, 21:29

Budjet defitsiti inflyatsiyaga bevosita ta’sir qiladi — MB raisi Mamarizo Nurmuratov

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov budjet taqchilligining inflyatsiyaga bevosita ta’sirini ta’kidladi, biroq regulyatorda bu ko‘rsatkichni pasaytirish vositalari yo‘qligini tan oldi.

Sirdaryoda brakonerlar ikki nafar ekologiya inspektoriga hujum qildi
1 may 2024, 21:01

Sirdaryoda brakonerlar ikki nafar ekologiya inspektoriga hujum qildi

Toshkent viloyatidagi Sirdaryo qirg‘og‘ida noqonuniy baliq ovlayotgan erkaklar ikki nafar ekologiya inspektoriga hujum qildi. Ular inspektorlarni suvga itarib, rezina qayiqlarini yoqib yuborgan va qochib ketgan.

YTTB O‘zbekistonda suv ta’minoti, energetika va yo‘l infratuzilmasi loyihalarida ishtirok etadi
1 may 2024, 19:10

YTTB O‘zbekistonda suv ta’minoti, energetika va yo‘l infratuzilmasi loyihalarida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev YTTB prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Davlat rahbari mazkur bank bilan hamkorlikda suv ta’minoti, energetika, yo‘l infratuzilmasi va “yashil” shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.

3−5-may kunlari Samarqand−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnaydi
1 may 2024, 17:55

3−5-may kunlari Samarqand−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnaydi

3, 4, 5-may kunlari Samarqand−Toshkent−Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yilmoqda.

O‘zbekistonda suv va tuproqni xavfli kimyoviy moddalardan tozalashga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda
1 may 2024, 17:13

O‘zbekistonda suv va tuproqni xavfli kimyoviy moddalardan tozalashga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda

O‘zbekistonda FAO va Yevropa Ittifoqi ko‘magida xavfli kimyoviy moddalarni boshqarishni ta’minlash loyihasi amalga oshirilmoqda. 4 mln yevrolik loyiha xavfli pestitsidlarni suv va tuproq tarkibidan ajratish, kimyoviy chiqindilarni tozalash, zararkunandalarga qarshi kurash va boshqalarni nazarda tutadi.

UzAuto Motors`ning foydasi birinchi chorakda qariyb 5 barobar oshdi
1 may 2024, 16:02

UzAuto Motors`ning foydasi birinchi chorakda qariyb 5 barobar oshdi

Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, UzAuto Motors kompaniyasining sof foydasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 5 baravar — 1,29 trillion so‘mgacha ko‘paydi.

Chirchiq daryosida qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 83,3 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi
1 may 2024, 15:47

Chirchiq daryosida qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 83,3 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi

Ekologiya vazirligi Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 83,3 mlrd so‘m zarar yetkazilganini aniqladi. Aybdorlarga chora ko‘rish maqsadida hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi.

O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi 10 ta kompaniya nomi e’lon qilindi
1 may 2024, 15:35

O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi 10 ta kompaniya nomi e’lon qilindi

Bandlik vazirligi O‘zbekistondagi 10 ta eng ko‘p ish beruvchi kompaniya ro‘yxatini e’lon qildi. Yuqori o‘rinni NKMK va OKMK egalladi.

AQSh Senati Rossiyadan uran importini taqiqlashni ma’qulladi
1 may 2024, 15:09

AQSh Senati Rossiyadan uran importini taqiqlashni ma’qulladi

AQSh Senati 2040-yil oxirigacha Rossiyadan boyitilgan uranni olib kirishni taqiqlashni ma’qulladi. Rossiya hozirda Amerika AESlarida yonilg‘i sifatida ishlatiladigan uranning deyarli to‘rtdan bir qismini yetkazib beradi.

Toshkentda o‘zbek tilidagi kitoblar va audiokitoblardan iborat Mutolaa mobil kutubxonasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
1 may 2024, 14:53

Toshkentda o‘zbek tilidagi kitoblar va audiokitoblardan iborat Mutolaa mobil kutubxonasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Mutolaa loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi — bepul mobil ilova o‘zbek tilidagi 1000 dan ortiq kitoblarni o‘z ichiga olgan, ularning yarmidan ko‘pi audio versiyasiga ega. Matnlar professional dublyaj aktyorlari tomonidan o‘qilgan.

Samarqandda Сobalt 15 yoshli o‘quvchi qizni urib yubordi
1 may 2024, 14:42

Samarqandda Сobalt 15 yoshli o‘quvchi qizni urib yubordi

Samarqand shahrida Сobalt yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 15 yoshli o‘quvchini urib yubordi. YTH oqibatida qiz shifoxonaga yotqizildi.

Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosari 2 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda
1 may 2024, 14:39

Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosari 2 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosariga nisbatan firibgarlik va pora moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U sud yurituvidagi ish yuzasidan aybdor shaxsga nisbatan jazoni yengillatib berish evaziga 2000 dollar olishda gumon qilinmoqda.

O‘zbekistonlik hokkeychilar U-18 Osiyo va Okeaniya kubogi chempioni bo‘ldi (video)
1 may 2024, 14:23

O‘zbekistonlik hokkeychilar U-18 Osiyo va Okeaniya kubogi chempioni bo‘ldi (video)

Hokkey bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi finalda Tailandni mag‘lub etib, U-18 Osiyo va Okeaniya kubogida ketma-ket ikkinchi bor chempionga aylandi.

O‘zbekistonning to‘qqizta hududida sel kelishi kutilmoqda
1 may 2024, 14:17

O‘zbekistonning to‘qqizta hududida sel kelishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 3−6-may kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga to‘qqizta viloyatning tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuz berishi mumkin. Ayrim joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zon ham kuzatiladi.

Yandex Go O‘zbekistonda elektromobillarni o‘z ichiga olgan tarifni ishga tushiradi
1 may 2024, 13:19

Yandex Go O‘zbekistonda elektromobillarni o‘z ichiga olgan tarifni ishga tushiradi

Yandex Go O‘zbekistonda elektromobillar, jumladan BYD, Dongfeng, Hongqi va boshqalarni o‘z ichiga olgan taksi tarifini ishga tushiradi. Kompaniya uning joriy etilishini mijozlarning elektromobillardan foydalanish bo‘yicha barqaror talabi bilan izohladi.

Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi
1 may 2024, 12:57

Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi

Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni avtomobil yo‘lining 34−54 kilometrlari oralig‘ida 3-maygacha transport harakati cheklandi. Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuruvchilarga Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etiladi.

Turkmaniston O‘zbekistonni Tojikistonning issiqxona pomidori bozoridan siqib chiqarmoqda — EastFruit
1 may 2024, 12:37

Turkmaniston O‘zbekistonni Tojikistonning issiqxona pomidori bozoridan siqib chiqarmoqda — EastFruit

Turkmanistonning issiqxona pomidorlari Tojikiston bozoridagi o‘zbek pomidorini butunlay chiqarib yubordi, deb yozmoqda EastFruit. Moldova va Tojikistonda pomidor narxi O‘zbekistondagiga qaraganda arzonroq, Polshada esa deyarli teng. Portal O‘zbekistonning issiqxona xo‘jaligidagi muammolariga ham to‘xtaldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting