15-aprel — 3-may kunlari Qatarda bo‘lib o‘tayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi. 26-aprel kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi.

O‘zbekistonliklar birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda (45+2') hisobni ochdi. Raqiblar himoyadan chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi, natijada hujumchi Husayn Norchayev jarima maydonchasi ichiga kirib, darvozabonni jazoladi.

36-daqiqada hujumchi Ruslanbek Jiyanov jarima maydonchasiga yaqinlashayotganda to‘pni qabul qilib oldi va o‘tkir burchakdan aniq zarba berdi.

70-daqiqada Saudiya Arabistoni vakili Ayman Salem ikkinchi sariqni olib, maydondan chetlatildi.

O‘yinning 84-daqiqasida yarim himoyachi Umarali Rahmonaliyev to‘pga birinchi bo‘lib yetib keldi va hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi.

Shu tariqa O‘zbekiston U-23 terma jamoasi turnirning amaldagi chempionini mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi — har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan va Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan tashkil etiladigan xalqaro Osiyo chempionati. Turnir 15-apreldan 3-mayga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi.

Turnir OFKning 2024-yilda Fransiyada bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlariga saralash turniri bo‘lib xizmat qiladi. Turnirning eng yaxshi uchta jamoasi Osiyo vakillari sifatida Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, to‘rtinchi eng yaxshi jamoa pley-off bahsida ishtirok etadi. Turnirda jami 16 ta jamoa ishtirok etadi. Saudiya Arabistoni amaldagi chempion hisoblanadi.

Statistika

futbol, saudiya arabistoni, u-23 osiyo kubogi

Video

Foto

futbol, saudiya arabistoni, u-23 osiyo kubogifutbol, saudiya arabistoni, u-23 osiyo kubogifutbol, saudiya arabistoni, u-23 osiyo kubogifutbol, saudiya arabistoni, u-23 osiyo kubogifutbol, saudiya arabistoni, u-23 osiyo kubogifutbol, saudiya arabistoni, u-23 osiyo kubogifutbol, saudiya arabistoni, u-23 osiyo kubogifutbol, saudiya arabistoni, u-23 osiyo kubogifutbol, saudiya arabistoni, u-23 osiyo kubogifutbol, saudiya arabistoni, u-23 osiyo kubogifutbol, saudiya arabistoni, u-23 osiyo kubogifutbol, saudiya arabistoni, u-23 osiyo kubogifutbol, saudiya arabistoni, u-23 osiyo kubogi