Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida 22-aprel kuni 49 yoshli fuqaro turmush o‘rtog‘ini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Holat soat 12:10 atrofida Polvonlar qishlog‘idagi xonadonda sodir bo‘lgan. Fuqaro (1975-yilda tug‘ilgan) rashq sababli ayoli bilan janjallashib, uni oshxona pichog‘i bilan jarohatlagan. Oqibatda 34 yoshda bo‘lgan ayol vafot etgan.

Xabar.uz ma’lumotlariga ko‘ra, erkak marhumaga 16 marta pichoq urgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi protsessual tartibida ushlandi.