15-aprel — 3-may kunlari Qatarda bo‘lib o‘tayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichining uchinchi turida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Vetnamni mag‘lub etdi. 24-aprel kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv 3:0 hisobida yakunlandi.

O‘zbekistonlik futbolchilar 4-daqiqada hisobni ochdi — hujumkor yarim himoyachi Alisher Odilov jarima maydonchasi ichida jamoasining golli hujumini yakunladi.

36-daqiqada hujumchi Ruslanbek Jiyanov jarima maydonchasiga yaqinlashayotganda to‘pni qabul qilib oldi va o‘tkir burchakdan darvozani aniq nishonga oldi.

40-daqiqada o‘ng qanotdan uyushtirilgan navbatdagi hujumdan so‘ng Alisher Odilov dubl qayd etdi. Yarim himoyachi jamoadoshi Saidazamat Mirsaidovning uzatmasidan keyin boshi bilan gol urdi.

85-daqiqada epizod VAR tizimida tekshirilib, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi foydasiga penalti tasdiqlanmadi.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 9 ochko bilan “D” guruhida yetakchilik qildi va birinchi o‘rin bilan turnirning chorak finaliga yo‘l oldi. Keyingi bosqichda yoshlar terma jamoasi 26-aprel kuni soat 19:00 da Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi. Raqib Tojikiston U-23 (4:2) va Tailandni (5:0) mag‘lub etgan bo‘lsa-da, Iroqqa imkoniyatni boy berdi (1:2).

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi — har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan va Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan tashkil etiladigan xalqaro Osiyo chempionati. Turnir 15-apreldan 3-mayga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi.

Turnir OFKning 2024-yilda Fransiyada bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlariga saralash turniri bo‘lib xizmat qiladi. Turnirning eng yaxshi uchta jamoasi Osiyo vakillari sifatida Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, to‘rtinchi eng yaxshi jamoa pley-off bahsida ishtirok etadi. Turnirda jami 16 ta jamoa ishtirok etadi. Saudiya Arabistoni amaldagi chempion hisoblanadi.

Video

Foto

futbol, saudiya arabistoni, u-23 osiyo kubogi, vetnamfutbol, saudiya arabistoni, u-23 osiyo kubogi, vetnamfutbol, saudiya arabistoni, u-23 osiyo kubogi, vetnamfutbol, saudiya arabistoni, u-23 osiyo kubogi, vetnamfutbol, saudiya arabistoni, u-23 osiyo kubogi, vetnamfutbol, saudiya arabistoni, u-23 osiyo kubogi, vetnamfutbol, saudiya arabistoni, u-23 osiyo kubogi, vetnamfutbol, saudiya arabistoni, u-23 osiyo kubogi, vetnamfutbol, saudiya arabistoni, u-23 osiyo kubogi, vetnam