O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 15-aprel — 3-may kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichini g‘alaba bilan boshladi. 17-aprel kuni Malayziyaga qarshi kechgan birinchi tur uchrashuvi 2:0 hisobida yakunlandi.

O‘yin boshida raqiblar o‘z jarima maydonchasi ichida Ruslanbek Jiyanovga nisbatan qoida buzdi — hakam penalti belgiladi. 11-daqiqada yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov undan aniq foydalandi.

83-daqiqada o‘zbekistonliklar hisobdagi farqni oshirdi. Futbolchilar to‘pni qo‘lga kiritdi, keyin esa Ulug‘bek Hoshimov Husayn Norchayevning uzatmasidan foydalanib, raqib darvozasini aniq nishonga oldi.

O‘zbekiston Malayziya, Kuvayt va Vetnam yoshlar terma jamoalari bilan “D” guruhidan o‘rin olgan. Yoshlar terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 20-aprel kuni (soat 20:30 da) Kuvaytga qarshi o‘tkazadi, keyin esa 23-aprel kuni shu vaqtda Vetnamga qarshi o‘ynaydi.

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi — har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan va Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan tashkil etiladigan xalqaro Osiyo chempionati. Turnir 15-apreldan 3-mayga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi.

Turnir OFKning 2024-yilda Fransiyada bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlariga saralash turniri bo‘lib xizmat qiladi. Turnirning eng yaxshi uchta jamoasi Osiyo vakillari sifatida Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, to‘rtinchi eng yaxshi jamoa pley-off bahsida ishtirok etadi. Turnirda jami 16 ta jamoa ishtirok etadi. Saudiya Arabistoni amaldagi chempion hisoblanadi.

Statistika

futbol, malayziya, olimpiya saralashi, u-23 osiyo kubogi

Video

Surat