5-mart kuni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida poyezd urib yuborgan 31 yoshli erkak vafot etdi. Bu haqda MilliyTV telekanalining “Millar” dasturi xabar berildi.

Qayd etilishicha, erkak temiryo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan bo‘lgan. Oqibatda uni yo‘lovchi poyezd urib yuborgan va erkak voqea joyida vafot etgan.

Tergovga qadar tekshiruv ishlar davomida fuqaro spirtli ichimlik iste’mol qilgani aniqlangan. Marhumning onasi o‘g‘lining bir kun oldin farzandli bo‘lgani, ayolini tug‘ruqxonadan olib chiqish uchun tayyorgarlik ko‘rish maqsadida uyidan chiqib ketganini bildirgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.