Toshkent vaqti bilan tongda AQShning Los-Anjeles shahrida 96-Oskar taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Eng yaxshi film deb “Oppenhaymer” topildi. Film marosimda jami 7 ta “Oskar” oldi.

Ushbu filmda bosh rolni ijro etgan Killian Myorfi eng yaxshi aktyor sifatida birinchi “Oskar”ini oldi.

Eng yaxshi aktrisa esa “Kambag‘allar-baxtsizlar” filmida o‘ynagan Emma Stoun bo‘ldi.

Boshqa g‘oliblar:

  • Eng yaxshi animatsion film — Hayao Miyazakining “Bola va qush” filmi;
  • chet tilidagi eng yaxshi film — Jonatan Gleyzerning “Qiziqish zonasi”;
  • ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor — kichik Robert Dauni, “Oppenhaymer”;
  • ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa — Davan Joy Rendolf, “Tashlab ketilganlar”;
  • eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film — “Urush tugadi!”;
  • eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film — “So‘nggi ta’mirlash ustaxonasi”;
  • eng yaxshi qisqa metrajli jonli film — “Genri Shugarning ajoyib hikoyasi”;
  • eng yaxshi original ssenariy — “Qulash anatomiyasi”;
  • eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy — “Amerikacha jinoyat”
  • eng yaxshi grim va turmaklar — “Kambag‘allar-baxtsizlar”;
  • eng yaxshi kostyumlar — “Kambag‘allar-baxtsizlar”;
  • eng yaxshi badiiy-postanovka ishi — “Kambag‘allar-baxtsizlar”;
  • eng yaxshi vizual effektlar — “Godzilla: Minus One”;
  • eng yaxshi montaj — “Oppenhaymer”;
  • eng yaxshi operator ishi — “Oppenhaymer”;
  • eng yaxshi ovoz — “Qiziqish zonasi”;
  • eng yaxshi saundtrek — “Oppenhaymer”;
  • film uchun eng yaxshi musiqa — “Barbi” (Billi Aylish, “What was I made for”);
  • eng yaxshi rejissyor — Kristofer Nolan, “Oppenhaymer”.

Ukrainalik rejissyor Mstislav Chernovning “Mariupolda 20 kun” filmi “Eng yaxshi to‘liq metrajli hujjatli film” nominatsiyasida “Oskar”ga sazovor bo‘ldi. Bu Ukraina filmi mualliflariga berilgan tarixdagi birinchi “Oskar”dir.

“Men bu filmni hech qachon suratga olmasam edi”, — dedi Mstislav Chernov marosimda (BBCdan iqtibos). “Men ushbu “Oskar”ni Rossiya hech qachon Ukrainaga bostirib kirmasligiga alishardim”, — dedi u.

Foto

килиан мёрфи, кристофер нолан, оппенҳаймер, оскар

килиан мёрфи, кристофер нолан, оппенҳаймер, оскар

килиан мёрфи, кристофер нолан, оппенҳаймер, оскар

килиан мёрфи, кристофер нолан, оппенҳаймер, оскар

килиан мёрфи, кристофер нолан, оппенҳаймер, оскар

килиан мёрфи, кристофер нолан, оппенҳаймер, оскар