Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 1-dekabr holatiga ko‘ra 32,89 milliard dollarни tashkil qildi va noyabr oyida atigi 7,5 million dollarga kamaygan.

Yil boshidan buyon mamlakatning “moliyaviy xavfsizlik yostig‘i” 3,04 milliard dollarga kamaydi.

Noyabr oyida dunyoda oltin narxi 1992 dollar/unsiyadan 2058 dollar/unsiyaga (+3,1%) oshdi, dekabr oyi boshida rangli metall yangi rekord o‘rnatdi: uning qiymati tarixda birinchi marta bir unsiya uchun 2100 dollardan oshdi.

Oltin narxining o‘sishi fonida Markaziy bank zaxiralaridagi oltinning jismoniy hajmi 0,4 million troya unsiyasiga (taxminan 12,4 tonna) — 11,6 million troya unsiyaga (360,8 tonna) qisqardi. Oltin zahiralari qiymati ham 246,5 million dollarga kamayib, 23,7 milliard dollarga yetdi.

Oltinning (qiymati 1 milliard dollardan ortiq) sotilishi mumkinligiga qaramasdan, valyuta zaxiralari atigi 237,9 million dollarga oshib, 8,62 milliard dollarga yetdi. Biroq yil boshidan buyon valyuta zaxiralari 2,7 milliard dollarga kamaydi.

O‘zbekiston oktabr oyida 1,23 milliard dollar, 10 oyda esa rekord darajadagi 6,87 milliard dollarlik oltin eksport qildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 barobar ko‘pdir.

oktabr oyida O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinni egallab, zaxirasini 11 tonnaga kamaytirib, 339 tonnaga tushirdi.