Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari 28-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ichki ishlar organlari xodimlarining ish faoliyatiga oid foto va videolavhalarni “obro‘sizlantirish maqsadida” internet tarmog‘ida e’lon qilganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan qonunni ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. “Gazeta.uz” bunga e’tibor qaratdi. Hujjat Senat muhokamasiga yuborildi.

E’tiborlisi, mazkur qoida ushbu sohaga tegishli bo‘lmasada, “Yo‘l harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirish munosabati bilan” kodekslarga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga kiritilgan.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti rahbariyatiIchki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti rahbariyati

Ichki ishlar vazirligi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi 195−2-moddani kiritishni taklif qilmoqda, unga ko‘ra ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat vazifalarini bajarishi vaqtida olingan surat va videolarni ularni obro‘sizlantirish yoki haqorat qilish maqsadida internetda joylashtirish bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari miqdorida (1-dekabrdan — 17 million so‘m) jarima solishga yoki 15 sutkagacha qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida deputat Doniyor G‘aniyev mazkur qoida O‘zbekiston prezidenti tomonidan olib borilayotgan ochiqlik siyosatiga, “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” tamoyiliga zid ekanini, shuningdek, huquq-tartibot idoralarida aholi va yurt xavfsizligini ta’minlovchi minglab vatanparvar xodimlar faoliyat yuritayotgani, biroq ular orasida mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzayotgan xodimlar ham borligini ta’kidladi.

дониyoр ғаниев, иив, suratga olish, qonunчилик palatasi

“Bu xodimlarning ruhiy holatini yaxshilashga olib kelishi mumkin deb o‘ylashingiz mumkin. Yo‘q, bu aks natija beradi. Biz huquq-tartibot idoralari xodimlari, xususan, ichki ishlar xodimlari fuqarolarning haqiqiy tayanchi, do‘sti va himoyachisi bo‘lgan institutga aylanishini istaymiz”, — dedi Doniyor G‘aniyev.

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, agar shunday me’yor qabul qilinsa, “fuqarolarning ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan bo‘lgan hurmatini qo‘rquv, ishonchini shubha, sevgisi o‘rnini nafrat egallashiga xizmat qiladi”.

Doniyor G‘aniyev qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi o‘qishda muhokama qilish chog‘ida hamkasblaridan ushbu modda yuzasidan ham fikr bildirishni so‘radi.

дониyoр ғаниев, иив, suratga olish, qonunчилик palatasi

Deputat Umid Jabborov mazkur hujjat konseptual shaklda qabul qilinganda bunga mutlaqo qarshi ekanini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tarkibiga 5−6 ta tuzilma (Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati) kiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur norma yo‘l harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi nomiga mantiqan to‘g‘ri kelmaydi.

Parlament a’zosi, shuningdek, fotosurat va videolarni olgan shaxsning maqsadi aynan huquq-tartibot idoralari xodimlarini “obro‘sizlantirish va haqorat qilish” ekanligini aniqlash qanday rejalashtirilayotgani haqida so‘radi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022−2025-yillarda O‘zbekistonda davlat xavfsizligi tizimini rivojlantirish strategiyasini 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari va internet tarmog‘idan foydalangan holda ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vakolatli davlat organlari xodimlarini obro‘sizlantirish holatlarining oldini olish va ularga barham berishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish nazarda tutilgan.

“Bu konsepsiyada ayni obro‘sizlantirish bor, lekin haqorat qilish masalasi yo‘q. Haqorat haqidagi qismni chiqarib tashlashni taklif qilaman”, — dedi Umid Jabborov.

дониyoр ғаниев, иив, suratga olish, qonunчилик palatasi

Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinovning qayd etishicha, obro‘sizlantirish bo‘yicha qism hech qanday tarzda oshkor etilmagan va bu harakat nimani nazarda tutayotgani aniq emas. Shuningdek, u huquq-tartibot idoralari xodimlarini foto va videoga olish qonun bilan taqiqlanmaganiga e’tibor qaratdi.

Deputat Jinoyat kodeksining 192-moddasidagi (raqobatchini obro‘sizlantirish) — qasddan yolg‘on, noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatish — degan tushunchadan foydalanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 195−2-moddasini quyidagi tahrirda bayon etishni taklif qildi:

“Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining, ular o‘z xizmat burchlarini ya’ni jamoat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida olingan foto va videotasvirlarni ularni obro‘sizlantirish maqsadida, ya’ni yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni internet tarmog‘ida joylashtirish…”

Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov har qanday fuqaro, jumladan, haydovchi ham huquq-tartibot idoralari xodimlarini suratga olishi va videoga olishi mumkinligini alohida ta’kidladi.

дониyoр ғаниев, иив, suratga olish, qonunчилик palatasi

“Suratga olaversin, kerak bo‘lsa, o‘zida [tasvirlarni] saqlab qo‘ysin… Kerak bo‘lsa, sudda o‘z huquqlarini himoya qilish va aybsizligini isbotlash uchun foydalansin. Kerak bo‘lsa, [onlayn] joylashtirsin, lekin bundan g‘arazli maqsad bo‘lmasligi, idorani obro‘sizlantiradigan ma’lumotlar — yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar e’lon qilinmasin”, — dedi Qonunchilik palatasi spikeri.

Deputat Doniyor G‘aniyevning ta’kidlashicha, alohida modda bo‘lgani uchun haqorat haqidagi qism chiqarib tashlangan. Yolg‘on ma’lumot tarqatish bo‘yicha ham Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202−2-moddasida (shaxs qadr-qimmatini kamsitish yoki obro‘sini kamsitishga olib keladigan yolg‘on ma’lumotlarni, shu jumladan, ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internetda tarqatish) alohida qayd etilgan.

“Agar biz hozir ma’lum moddani ma’lum bir kasb egalari uchun qo‘shadigan bo‘lsak, bu pretsedent ochib beradi. Ertaga har bir kasb uchun yangi modda yozishimiz kerakmi? Shifokorlarni obro‘sizlantirish uchun, pedagogni obro‘sizlantirish uchun. Axir, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202−2-moddasi turibdiku, u hammaga — huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga, shifokorlarga, davlat xizmatchilariga, davlat xizmatiga aloqador bo‘lmagan shaxslarga ham tegishli”, — dedi u.

Parlament quyi palatasi deputati jazoning og‘irligiga ham to‘xtalib o‘tdi: 202−2 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda (yolg‘on ma’lumot tarqatish) bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima solishni nazarda tutadi, lekin u huquqni muhofaza qilish organi xodimi bo‘lsa (taklif etilayotgan 195−2-modda) 15 sutka qamoqqa olib kelishi mumkin.

“Eng qizig‘i, Jinoyat kodeksiga ko‘ra, kimgadir to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuhmat qilsangiz, unda ham qamoqqa bilan jazolanmaysiz”, — deya ta’kidladi Doniyor G‘aniyev.

Deputat Jahongir Shirinovning aytishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202−2-moddasida faqat yolg‘on ma’lumot tarqatish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, boshqa elementlar — buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatish olib tashlangan.

Unga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 22-moddasiga ko‘ra, ma’muriy jazoning maqsadi huquqbuzarliklarning oldini olish, ya’ni profilaktika.

“Bugungi kunda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202−2-moddasi, afsuski, profilaktika bilan shug‘ullana olmayapti. Bu huquq-tartibot xodimlariga tegishli desak, aholi bundan xabardor bo‘ladi, profilaktika ahamiyati ham yuqori bo‘ladi”, — dedi Shirinov.

Spiker Nurdinjon Ismoilov Shirinovni qo‘llab-quvvatlab, 15 sutkalik hibsga olish tarzidagi jazoni “qilmasa ham bo‘lmaydi” deb aytdi.

Ayrim deputatlar maqolaning ta’sirini nafaqat internetga, balki telekommunikatsiya tarmoqlari va ommaviy axborot vositalariga ham kengaytirishni taklif qilishdi. Ularning fikricha, ertaga bosma nashrlarda huquq-tartibot organi xodimiga nisbatan tuhmat qiluvchi ma’lumotlar chop etilsa, huquqbuzar jazodan qutulib qoladi. Biroq, ushbu tuzatish maqolaning yakuniy matniga kiritilmadi.

Ovoz berish jarayonida o‘zgartishlarni 94 deputat qo‘llab-quvvatladi, 2 nafari qarshi, 3 nafari betaraf, 7 nafari ovoz bermadi.

Dastlabki reaksiyalar

“Gazeta.uz”ning qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha materiali e’lon qilinganidan so‘ng, Telegram kanallarida jamoatchilikning munosabati paydo bo‘ldi.

“Bu juda yomon fikr. Birinchidan, u hokimiyatni tanqid qilgani uchun cheksiz muddatga manipulyatsiya qilinishi va qamoqqa olinishi mumkin. Ammo biz yuzlab holatlarni eslashimiz mumkinki, xodimlar haqiqatda qonunni buzgan va fotosuratlar va videolarni nashr etish huquqlarni himoya qilishning yagona imkoniyati edi”, — deb yozdi jurnalist Nikita Makarenko.

Bloger Davletovuz ushbu tuzatishni “ochiqlikka bir tarsaki” deb ta’rifladi.

Bakiroo kanali muallifining ta’kidlashicha, qonun loyihasi hech qanday jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilmagan va bu borada jamoatchilik fikri olinmagan. “Obro‘sizlantirish va haqorat uchun qonunchilikda jazo bor. Normal huquqiy davlatda bu qoidalar barcha uchun amal qiladi. Agar politsiya yo ichki ishlar xodimlari uchun uchun alohida qoidalarni belgilash boshlansa, kuch, ma’muriy resurslar va mablag‘lar noteng taqsimlangani, ayniqsa mustaqil sudning yo‘qligi sharoitida fuqarolarni repressiv apparatga „garovga topshirib“ qo‘ygan bo‘lamiz”, — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning mart oyida Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarining roziligisiz faoliyati aks etgan fotosuratlar va videolarni internetda joylashtirishni taqiqlashni taklif qilgan edi. Buning asosi sifatida prezidentning yopiq farmoni borligi aytilgan. Jamoatchilik bu taklifni “orqaga qadam” deb hisoblagandi.