Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 17 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Jahon chempionati chorak finalida Fransiyaga imkoniyatni boy berdi. 25-noyabr kuni Indoneziyada bo‘lib o‘tgan uchrashuv 0:1 hisobida yakunlandi.

O‘zbekiston birinchi bo‘lim oxirida gol urushga yaqin edi. Lazizbek Mirzayev boshi bilan darvozaga yo‘llagan to‘pni darvozabon qaytardi.

Uchrashuvning 65-daqiqasida hujumchi Amirbek Saidov hisobni ochdi, lekin hakam uni o‘yindan tashqari holat deb topdi.

O‘yindan tashqari holat qayd etilgan vaziyatO‘yindan tashqari holat qayd etilgan vaziyat

82-daqiqada fransuzlar ketma-ket hujumlardan so‘ng oldinga chiqib olishdi. Avvaliga Matis Lamburd boshi bilan bergan zarbasi darvoza to‘siniga tegdi, Ismoil Bune esa qaytgan to‘pni darvoza to‘riga joyladi.

O‘zbekistonlik futbolchilarda hisobni tenglashtirish uchun bir qancha imkoniyatlar bo‘ldi, biroq raqib darvozaboni ularga gol urishga imkon bermadi. Fransiya butun turnir davomida birorta ham gol o‘tkazib yubormagan jamoa bo‘lib qolmoqda.

Shu tariqa O‘zbekiston 2011-yildagi eng yaxshi natijasini takrorlab (chorak final) ishtirokini yakunladi. Fransiya yarim finalda Marokash-Mali juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi. Argentina va Germaniya terma jamoalari boshqa yarim finalda to‘p suradi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklar guruh bosqichida Maliga yutqazib (0:3), Kanadani mag‘lub etib (3:0), Ispaniya bilan durang (2:2) o‘ynab, “B” guruhida 4 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallagan edi. O‘smirlar nimchorak finalda esa Angliyani mag‘lub etishdi (2:1).

Tarkiblar

u-17 жаҳон chempionati, ўзбекистон, франция, футболu-17 жаҳон chempionati, ўзбекистон, франция, футбол

Video

Foto

u-17 жаҳон chempionati, ўзбекистон, франция, футбол