Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumani sudi bloger Olimjon Haydarovga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha sud majlisini 30-oktabr soat 11:30 ga belgiladi. “Gazeta.uz” uchrashuv haqidagi ma’lumotlar Oliy sud portalida paydo bo‘lganiga e’tibor qaratdi.
Eslatib o‘tamiz, Olimjon Haydarov 29-iyul kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingandi. U “Qo‘qon Istiqlol” savdo kompleksi rahbarlaridan salbiy mazmundagi maqolani internetda tarqatmaslik evaziga 10 000 dollar talab qilganlikda ayblanmoqda.
10-oktabr kuni tergov organi Haydarovga nisbatan Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi (Ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali tuhmat qilish), 139-moddasi 3-qismi “a” bandi (Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab tuhmat qilish), 140-moddasi 3-qismi “a” bandi (Jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish), 165-moddasi 2-qismi “a” “b” bandlari (Takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, ko‘p miqdorda tovlamachilik qilish) bilan ayb e’lon qilgan. Unga 10 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
Ishda besh nafar da’vogar va jabrlanuvchi xususan, Qo‘qon shahri hokimi Marufjon Usmonov, (bungacha prezident davlat maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan), Nurilloxon Teshaboyev (O‘zbekiston tumani ichki ishlar bo‘limi o‘rinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i bo‘lib ishlamoqda yoki ilgari ishlagan), Vohidjon Sodiqov (u ham taxminan ichki ishlar organlarida ishlaydi), shuningdek, Faxriddin Abduvahobov va Olim Xasanov bor.