«terakt» tegli maqolalar


Tojikiston TIV “Krokus”dagi terakt gumonlanuvchilarining qiynoqqa solinishini qoraladi
13 aprel 2024, 11:53

Tojikiston TIV “Krokus”dagi terakt gumonlanuvchilarining qiynoqqa solinishini qoraladi

Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin Minskda bo‘lib o‘tgan MDH tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida “Krokus”dagi teraktda gumonlanayotganlarning qiynoqqa solinishini qoraladi. “Bu yo‘l bilan olingan iqrorlarning bahosi hammaga yaxshi ma’lum”, — dedi u.

Toshkentda 2022-yilda terakt uyushtirmoqchi bo‘lganlar 10 yildan 15 yilgacha qamalgani ma’lum bo‘ldi
3 aprel 2024, 18:17

Toshkentda 2022-yilda terakt uyushtirmoqchi bo‘lganlar 10 yildan 15 yilgacha qamalgani ma’lum bo‘ldi

2022-yilda Toshkent shahrida terakt sodir etmoqchi bo‘lgan jinoiy guruhning 4 a’zosi ushlanib, 10 yildan 15 yilgacha qamalgan. Ular xalqaro terrorchilik tashkilotining o‘zbekistonlik vakili bilan tanishib, Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi, shuningdek, aeroportda terakt qilmoqchi bo‘lgan.

Tojikistonda “Krokus” teraktida aloqador deya gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi
29 mart 2024, 17:23

Tojikistonda “Krokus” teraktida aloqador deya gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Rossiya xavfsizlik kuchlari bilan birgalikda ISHID va “Krokus siti holl” konsert zaliga hujum qilganlarga aloqadorlikda gumon qilingan to‘qqiz nafar shaxsni qo‘lga oldi. Teraktda jarohatlanganlar soni 380 nafardan ortdi.

Rossiyada teraktdan keyin migrantlarga qarshi choralar va Markaziy Osiyo bilan viza rejimini joriy etish muhokama qilinmoqda
27 mart 2024, 13:29

Rossiyada teraktdan keyin migrantlarga qarshi choralar va Markaziy Osiyo bilan viza rejimini joriy etish muhokama qilinmoqda

Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar Moskva yaqinidagi “Krokus”da terakt sodir etishda ayblanayotgani fonida Rossiyada muhojirlarga qarshi choralar, xususan, viza rejimini joriy etish, huquqbuzarlik uchun deportatsiya qilish hamda patentlar bo‘yicha cheklovlar muhokamasi avj oldi.

Anqarada Turkiya IIV binosi oldida portlash yuz berdi
1 oktabr 2023, 14:09

Anqarada Turkiya IIV binosi oldida portlash yuz berdi

Anqarada Turkiya Ichki ishlar vazirligi binosi oldida terakt sodir etildi. Mamlakat IIV rahbari Ali Yerlikaya bir xudkush o‘zini portlatib yuborgani, ikkinchisi esa “zararsizlantirilganini” ma’lum qildi.

Nyu-Yorkda 2017 yil terakt amalga oshirgan Sayfullo Soipov umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
14 mart 2023, 10:26

Nyu-Yorkda 2017 yil terakt amalga oshirgan Sayfullo Soipov umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

AQShda terakt uyushtirgan o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov umrbod ozodlikdan mahrum qilindi. U 2017 yilda Nyu-Yorkda yuk mashinasida 8 nafar insonni bosib ketib o‘ldirgan va o‘nlab odamlarni jiddiy jarohatlagandi.

Afg‘onistonning Aybak shahrida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralaymiz — TIV
1 dekabr 2022, 10:52

Afg‘onistonning Aybak shahrida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralaymiz — TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistondagi «Jihodiya» madrasasida amalga oshirilgan terrorchilik harakatini keskin qoralab, bayonot berdi. Hodisa oqibatida 35 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
9 fevral 2022, 22:49

Jahon yangiliklari dayjesti

Dunyoda koronavirusga chalinganlar sonining 400 mlndan oshgani, Fransiya, Germaniya va Polshaning Rossiyani Ukraina chegarasidagi keskinlikni pasaytirishga chaqirgani, Suriyaning AQSh nazorati ostidagi hududlarida 18 kishining teraktlar oqibatida halok bo‘lgani, Yevropada ko‘plab davlatlarning koronavirus cheklovlarini bekor qilayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.

Qobulda qizlar maktabidagi portlash oqibatida 63 kishi vafot etdi
10 may 2021, 10:35

Qobulda qizlar maktabidagi portlash oqibatida 63 kishi vafot etdi

Shanba kuni Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi qizlar maktabi yaqinida portlash ro‘y berdi. Oqibatda 63 kishi vafot etdi, 150 dan ortig‘i jarohatlandi. Afg‘oniston hukumati hujumda «Tolibon»ni ayblamoqda, ammo ular hujumga aloqador emasliklarini aytishmoqda.

Bog‘dodda notinchlik: ikki terrorist o‘zini portlatdi. Qurbonlar va yaralanganlar bor
21 yanvar 2021, 18:56

Bog‘dodda notinchlik: ikki terrorist o‘zini portlatdi. Qurbonlar va yaralanganlar bor

Bog‘doddagi bozorda sodir etilgan ikkita portlash natijasida halok bo‘lganlar 32, jarohatlanganlar soni esa 110 nafarga yetdi. Xudkushlardan biri o‘zini yomon his etayotgandek ko‘rsatib, atrofiga odam to‘plagan.

Venada bir nechta hujumlar sodir etildi
3 noyabr 2020, 12:40

Venada bir nechta hujumlar sodir etildi

Noma’lum shaxslar guruhi Avstriya poytaxti Venada hujum uyushtirdi. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 4 kishi vafot etgan, 18 kishi jiddiy jarohat olgan. Hujumchilardan biri qo‘lga olish paytida o‘ldirildi, qolganlari qochishga muvaffaq bo‘ldi. Mamlakat kansleri ushbu hujumlarni «terakt» deb atadi.

Turkiyada terakt uyushtirgan Abdulqodir Masharipovga umrbod qamoq jazosi belgilandi
8 sentabr 2020, 11:00

Turkiyada terakt uyushtirgan Abdulqodir Masharipovga umrbod qamoq jazosi belgilandi

Turkiya sudi 2017 yilda Istanbulda terakt uyushitirib, 39 kishini o‘ldirgan o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipovga 40 ta umrbod qamoq jazosi belgiladi. Qo‘shimcha tarzda, u yana 1368 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Masharipovda muddatdan avval ozodlikka chiqish huquqi bo‘lmaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting