Toshkent shahri hududlari gaz ta’minoti tizimida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida ta’mirlash va sozlash ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar qildi.

Shu munosabat bilan 26-sentabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Chilonzor va Uchtepa tumanlarining ayrim mahalla va ko‘chalarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi.

Qisman Chilonzor tumanidagi mahallalarda:

  • “Lutfiy”, “1-Qatortol”, “Nafosat”, “Diyor”, “Qatortol”, Cho‘ponota, “Bog‘zor”, “Oqtepa”, “Ko‘tarma”, “Zarqo‘rg‘on”, “Fidokor”, “Botirma”, “Navbahor” , “Katta Navbahor”, “Qoziraobod”.

Qisman Uchtepa tumanidagi mahallalarda:

  • “G‘uzor”, “Ko‘hna Cho‘ponota”, “Bog‘iston”, shuningdek
  • 11,15, 21 va 25-mavzelarida.

“Hududgaz Poytaxt” GTF noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘radi.