O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi, deya xabar berdi parlament quyi palatasi matbuot xizmati.

O‘zgartirishlarga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga mobil qurilmaning xalqaro yagona identifikatsiya kodini (IMEI) yoki abonent qurilmasining identifikatsiya modulini noqonuniy ravishda o‘zgartirganlik yoki nusxalaganlik, shuningdek kriptoaktivlar aylanmasi va noqonuniy mayning sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik kiritiladi.

Qonun loyihasining birinchi o‘qishi 5-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan, o‘shanda loyiha deputatlar tomonidan konseptual jihatdan qabul qilingan va keyin deputatlar, ekspertlar va huquqshunoslarning takliflarini inobatga olgan holda takomillashtirilgandi. Bugun deputatlar tomonidan qonun loyihasi qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Toshkent IIBB O‘zbekistonda mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini noqonuniy klonlash uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy etish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda fuqarolarning uyali telefon apparati yo‘qolgani haqidagi xabarlar ko‘paymoqda. Voqea tafsilotlarini aniqlash uchun huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tergovga qadar tekshiruv o‘tkazadi, jinoyat alomatlari bo‘lsa, jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.

Mayning masalasiga kelsak, prezident tomonidan sentabr oyi boshida имзоланганqonunчиликка kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda mazkur faoliyat uchun ruxsatnoma Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan beriladi. Bundan tashqari, ILMA kriptobirja, mayning-pul, kriptodepozitariy va kriptodo‘kon faoliyati uchun litsenziyalovchi organga aylandi.