14-sentabr kuni Dushanbega tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev Tojikiston rahbari Emomali Rahmon bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Davlat rahbarlari Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammiti kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan fikr almashdi. Mintaqaviy hamkorlikning boshqa jihatlari ham ko‘rib chiqildi.

Oliy darajadagi kelishuvlar ijrosining amaliy jihatlariga, eng avvalo, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada qo‘shma hukumatlararo komissiya samarali faoliyat olib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi, deyiladi xabarda.

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati