Qobul Raimovich Berdiyev Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Ushbu lavozimni 2021-yil fevral oyidan buyon Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan Ravshan Xaydarovich Хайдаров egalladi.

равшан хайдаров, фвв, қобул бердиев
Ravshan Xaydarov. Foto: FVV

Ravshan Xaydarov faoliyati davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoshidagi Fuqaro muhofazasi institutiga, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga va Toshkent viloyati IIBga, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, Davlat bojxona qo‘mitasiga rahbarlik qilgan va Sirdaryo viloyati hokimi bo‘lib ishlagan.

Qobul Berdiyev 2018-yilning may oyidan buyon Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi institutiga, so‘ngra akademiyaga rahbarlik qilgan. Bungacha O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasini boshqargan (2017−2018). 2008−2017-yillarda O‘zbekiston mudofaa vaziri, 2006−2008-yillarda esa Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari lavozimlarida ishlagan. Uning qayerga tayinlangani hozircha e’lon qilinmagan.