So‘nggi yillarda O‘zbekistonda energetika tarmog‘ining muhim bo‘g‘ini hisoblangan gidroenergetika sohasida elektr energiya ishlab chiqarish hajmini oshirish borasida samarali islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Bu borada gidroenergetika sohasiga faol jalb etilayotgan mahalliy va xorijiy investitsiyalar negizidagi loyihalar asosida yangi GESlarni qurish, uzoq yillardan buyon ekspluatatsiya qilib kelinayotgan GESlarni zamonaviy texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish, O‘zbekiston kichik va mikrogidroenergetik salohiyatini to‘laqonli yuzaga chiqarish hamda ushbu jarayonga xususiy sektorni keng jalb qilish borasidagi ishlar yuqori sur’atlarda amalga oshirilmoqda.

реклама, o‘zбекgiдроэнерго

O‘zbekistonda gidroenergetika sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor natijasida “O‘zbekgidroenergo” AJ hamda tizim tarkibidagi elektr energiya ishlab chiqaruvchi korxonalar oldiga muhim vazifalar qo‘yilib, umumiy gidroenergetik quvvat hajmini yanada oshirish borasida amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Yildan-yilga tizimda yangi GESlarni qurish, modernizatsiya loyihalarini amalga oshirish ishlari hajmi ortib bormoqda. Bu mamlakatda GESlar sonining ortishiga, qayta tiklanadigan elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlari hajmining yanada oshishiga zamin yaratadi.

реклама, o‘zбекgiдроэнерго

29-avgust kuni “Chirchiq GESlar kaskadi” unitar korxonasi tarkibidagi “Oq-qovoq GES-10”ning modernizatsiyadan so‘ng, yangilangan yuqori quvvatlarda ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari Bekzod Amirsaidov hamda kaskad rahbari Abdurasul Shodmonov tabrik nutqi bilan ochib berdi.

реклама, o‘zбекgiдроэнерго

Marosimda Chirchiq shahar hokimligi mutasaddilari, jamiyat tizim korxona va tashkilotlari vakillari, hamkor xorijiy kompaniyalar mas’ullari, gidroenergetik muhandislar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

“Oq-qovoq GES-10”ning avvalgi o‘rnatilgan quvvati 34,7 MVt bo‘lgan bo‘lsa, modernizatsiya ishlari yakuniga yetkazilgandan so‘ng 39,7 MVtga yetkazildi.

Ushbu GES bundan 80 yil oldin — 1943-yilda Chirchiq shahrida ishga tushirilgan bo‘lib, umumiy quvvati 34,7 MVt bo‘lgan ikkita agregat o‘rnatilgan.

GES tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • derevatsion kanal;
  • zax kanali oxiridagi suv ajratish inshooti;
  • GES bosim havzasi;
  • GES 1-gidroagregatiga boradigan 57 metrlik kanal;
  • GES 2-gidroagregatining bosim havzasi;
  • stansiya binosi va boshqaruv korpusi;
  • 891 metrlik qoplanmagan “Bo‘zsuv” kanaliga tushadigan o‘tkazuvchi kanal.

O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 2-maydagi “2017−2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi [PQ-2947-son] qaroriga asosan O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining 2019-yil 2-apreldagi ““Chirchiq GESlar kaskadi” UK (GES-10), “Samarqand GESlar kaskadi” UK (GES-2B), “Toshkent GESlar kaskadi” UK (GES-1) modernizatsiyasi investitsiyaviy loyihaning texnik iqtisodiy asosini tasdiqlash to‘g‘risida”gi [276-son] qarori qabul qilindi. Uning doirasida, Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi tomonidan “Chirchiq GESlar kaskadi” UK “Oq-qovoq GES-10” modernizatsiyasi investitsiyaviy loyihasini moliyalashtirish uchun imtiyozli kredit berilishi ma’qullandi.

реклама, o‘zбекgiдроэнерго

“Gidroproyekt” AJ tomonidan investitsiyaviy loyihaning texnik iqtisodiy asoslari ishlab chiqilganligi qayd etilib, investitsiyaviy loyihaning moliyalashtirish manbalari sifatida XXR “Eksimbanki” ning 20 yil muddatga, shu jumladan, besh yillik imtiyozli davrga yillik 2,2% stavkasi bilan, “Turonbank” ATB orqali qayta moliyalashtiriladigan va qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,2% miqdoridagi marjasi qo‘shilgan holda beriladigan kredit mablag‘lari, shuningdek, “O‘zbekgidroenergo” AJning o‘z mablag‘lari belgilangandi.

Loyiha qiymati 18,5 mln AQSh dollari bo‘lib, moliyalashtirish “O‘zbekgidroenergo” AJning o‘z mablag‘lari — 4,1 mln dollar hamda Xitoy Xalq Respublikasi “Eskimbanki” krediti — 14,4 mln dollar hisobidan amalga oshirildi.

Modernizatsiya ishlari XXRning sohada yetakchi tashkilotlaridan biri bo‘lgan China National Technisal Import and Export Corporation (CNTIEC) kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Yangilangan quvvatlar orqali mazkur GES Chirchiq aholisi hamda iqtisodiy sektoriga 213,8 mln kVt/soat elektr energiya yetkazib berishi kutilmoqda.

Yangi O‘zbekistonda gidroenergetika sohasini yanada rivojlantirish, sohaga ilg‘or, aqlli texnologik qurilmalarni joriy qilish, malakat muqobil elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini samarali va barqaror ta’minlanishiga, gidroenergetik quvvat manbaining yanada ortishiga muhim zamin yaratmoqda.

Reklama huquqlari asosida.