«o‘ztransgaz» tegli maqolalar


O‘zbekiston yerosti gaz omborlari 98 foizga to‘lgan — “O‘ztransgaz”
6 noyabr 2023, 18:28

O‘zbekiston yerosti gaz omborlari 98 foizga to‘lgan — “O‘ztransgaz”

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida O‘zbekistonning “Gazli” va “Xo‘jaobod” yerosti gaz omborlari 98 foizga to‘lgan. Ob-havo iliq bo‘lgani sababli ulardan gaz olish hozircha boshlanmagan. Energetika vaziri avvalroq kunlik gaz olish quvvati 18−20 mln kubometrdan 30 mln gacha oshirilishini ta’kidlagan edi.

“Barcha AGTKSHlar uchun sotuv narxi bir xil”. Energetika vaziri ayrim “zapravka”lar uchun imtiyozlar borligini rad etdi
13 sentabr 2023, 11:14

“Barcha AGTKSHlar uchun sotuv narxi bir xil”. Energetika vaziri ayrim “zapravka”lar uchun imtiyozlar borligini rad etdi

Jo‘rabek Mirzamahmudov ba’zi gaz quyish shoxobchalari uchun imtiyozli narxlar borligi haqidagi savolga javob berdi. Davlat yetkazib beruvchilari barcha “zapravka”larga gazni yagona narxda sotadi, dedi energetika vaziri.

“O‘ztransgaz”ga boshqaruv raisi v.v.b. tayinlandi
21 avgust 2023, 10:13

“O‘ztransgaz”ga boshqaruv raisi v.v.b. tayinlandi

“O‘zneftgazinspeksiya” rahbari o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Askar Isakov “O‘ztransgaz” boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. “Gazeta.uz”ning aniqlashicha, kompaniyaning avvalgi rahbari Behzot Normatov 6 oycha oldin lavozimini tark etgan, biroq bu haqda rasman xabar berilmagan.

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importi uchun infratuzilma tayyorlamoqda
3 mart 2023, 15:35

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importi uchun infratuzilma tayyorlamoqda

Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi Rossiyadan «import qilinadigan tabiiy gaz hajmi ichki transportirovka hajmlariga aralashmasligi uchun» o‘z infratuzilmasini tayyorlamoqda, deb ma’lum qildi «O‘ztransgaz».

Ulgurji iste’molchilar vaqtinchalik gazdan uzildi
13 yanvar 2023, 21:17

Ulgurji iste’molchilar vaqtinchalik gazdan uzildi

«O‘ztransgaz» kompaniyasi aholi, ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar va qozonxonalarni uzluksiz gaz bilan ta’minlash maqsadida har qanday ulgurji iste’molchilarga, xususan, AGTKSHlar va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga gaz ta’minoti to‘xtatilganini ma’lum qildi.

2026 yilgacha gaz eksporti to‘xtatilishi mumkin — «O‘ztransgaz» rahbari
27 iyun 2022, 19:43

2026 yilgacha gaz eksporti to‘xtatilishi mumkin — «O‘ztransgaz» rahbari

O‘zbekiston 2025−2026 yillarga borib gaz eksportini butunlay to‘xtatishi mumkin, deya ma’lum qildi «O‘ztransgaz» rahbari Behzot Normatov. Hozir O‘zbekistonda qazib olinayotgan gazning qariyb 10 foizi Xitoyga eksport qilinmoqda.

O‘zbekiston gazni kimdan va qanday narxda olmoqda, deputat nima uchun norozi?
22 iyun 2022, 08:47

O‘zbekiston gazni kimdan va qanday narxda olmoqda, deputat nima uchun norozi?

Deputat Rasul Kusherbayev O‘zbekiston mahalliy va xorijiy kompaniyalardan sotib oladigan gaz narxlarini ma’lum qildi. U xorij korxonalari narxlarining yuqoriligidan noroziligini bildirib, bu holatni «vatanidan ko‘ra pulni ko‘proq yaxshi ko‘radigan ayrim amaldorlarning qilmishlari» bilan bog‘liq, deb hisoblaydi.

Gaz importidan qo‘rqish kerak emas — «O‘ztransgaz» rahbari
18 may 2022, 17:20

Gaz importidan qo‘rqish kerak emas — «O‘ztransgaz» rahbari

«O‘ztransgaz» rahbari Behzot Normatov O‘zbekiston qazib olish hajmi kamayishi va ichki talab ortishi ortidan gazni import qila boshlaganini aytdi. «Import qilishdan hech qachon qo‘rqish kerak emas. Iqtisodiyotimiz to‘xtamasligini xohlasak, biz kafolatlangan energoresurslarni zaxirasi bilan birga ta’minlab berishimiz kerak», — deya ta’kidladi u. 2021 yilda O‘zbekistonda gazni import qilish qiymat jihatidan 3 baravarga oshdi.

«O‘ztransgaz» 2021 yilni 2,5 trln so‘mdan ziyod zarar bilan yakunladi
6 may 2022, 11:09

«O‘ztransgaz» 2021 yilni 2,5 trln so‘mdan ziyod zarar bilan yakunladi

2021 yildagi moliyaviy hisobotlar tahliliga ko‘ra, «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» eng ko‘p sof foyda (10 639,8 mlrd so‘m) olgan va eng ko‘p dividend (9,5 trln so‘m) to‘lagan korxona deb topildi. «O‘ztransgaz» esa eng ko‘p zarar (2,5 trln so‘m) ko‘rgan tashkilot bo‘ldi. Davlat ishtirokidagi 20 ta zarar ko‘rib ishlagan tashkilotlar orasida ikkita futbol jamoasi ham bor.

Gaz quyish shoxobchalarining ish vaqti bo‘yicha cheklov joriy etiladi
17 noyabr 2021, 21:37

Gaz quyish shoxobchalarining ish vaqti bo‘yicha cheklov joriy etiladi

17 noyabrdan boshlab O‘zbekistonda avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarining xizmat ko‘rsatish grafigiga vaqtinchalik cheklov o‘rnatiladi. Buning natijasida birinchi navbatda aholiga gaz yetakazib beriladi. Masalan, Jizzax viloyatidagi 68 ta gaz quyish shoxobchasida soat 17:00 dan 23:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

«O‘ztransgaz»ga yangi rahbar tayinlandi
21 avgust 2021, 12:42

«O‘ztransgaz»ga yangi rahbar tayinlandi

Energetika vazirligi boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Bexzot Narmatov «O‘ztransgaz» boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.

Gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish uchun O‘zbekiston $618 mlngacha kredit jalb qilishi mumkin
6 aprel 2021, 15:08

Gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish uchun O‘zbekiston $618 mlngacha kredit jalb qilishi mumkin

Moliya vazirligi, «O‘ztransgaz», VEB.RF va «Gazprombank» O‘zbekistonning gaz-transport tizimini modernizatsiya qilishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Loyihaga 618 mln dollargacha kredit ajratilishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting