Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Timoti Smart Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorlig‘i nusхasini topshirib, O‘zbekistondagi faoliyatini boshladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

“Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Timoti Smart janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib, O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligining keng ko‘lamli kun tartibini muhokama qilishdan mamnunmiz. Elchining kelgusida aniq natijalarga erishish istagini yuqori baholaymiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Timoti Smart 1974-yilda tug‘ilgan. Bristol va Kembrij universitetlarini tamomlagan.

Bu lavozimga tayinlanishidan oldin (2018−2022-yillar) Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy O‘rta dengizi bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan. Shuningdek, 2012−2017-yillarda Madagaskarda elchi vazifasini bajargan.