Bosh prokuror buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Ikrom Shermatovich Narimov transport prokurori lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.

Bungacha Transport prokuraturasini Marufxon Xodjayev boshqargan.

Ikrom Narimov (1971-yilda tug‘ilgan) 1993-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2013-yilda Bosh prokuratura huzuridagi Oliy ta’lim kurslarini tamomlagan.

Prokurorlik faoliyatini Toshkent shahri transport prokuraturasida boshlagan, so‘ngra transport prokuraturasida turli lavozimlarda, xususan, Toshkent aviatsiya transporti prokuraturasi prokurori lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar Narimov Toshkent shahri prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.