Avgust oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi kutilmoqda. Bu haqda Ozarbayjon “Trend” agentligi Ozarbayjon xalqaro munosabatlarni tahlil qilish markazi boshqaruvi raisi Farid Shafiyevga tayanib xabar berdi.

Bu haqda u “O‘zbekiston va Ozarbayjon: hamkorlikning yangi ufqlari” mavzusidagi davra suhbatida ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi 2022-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan edi. Toshkentda ozarbayjon xalqi milliy yetakchisi Haydar Aliyev sharafiga ko‘cha va maydon ochildi. Tashrif chog‘ida mamlakatlar o‘rtasida strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish deklaratsiyasi hamda boshqa 18 ta hujjat imzolandi.