2023-yil yanvar-iyun oylarida 3,1 mln nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Mamlakatlar kesimida eng ko‘p sayyoh quyidagi davlatlardan kelgan:

  1. Tojikiston — 958,5 ming nafar;
  2. Qirg‘iziston — 786,4 ming nafar;
  3. Qozog‘iston — 764,4 ming nafar;
  4. Rossiya — 345 ming nafar;
  5. Turkiya — 48,3 ming nafar;
  6. Turkmaniston — 29,5 ming nafar;
  7. Hindiston — 16,7 ming nafar;
  8. Janubiy Koreya — 15,9 ming nafar;
  9. Xitoy — 13,3 ming nafar;
  10. Germaniya — 11,7 ming nafar.

Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning dastlabki 6 oyida mamlakatga salkam 1,9 million nafar sayyoh tashrif buyurgandi.