Narzullo Naimovich Oblomuradov Toshkent moliya instituti Kuzatuv kengashi qarori bilan mazkur universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori etib tayinlandi. Bu haqda universitet saytida xabar berildi.

Narzullo Oblomurodov (1975-yilda tug‘ilgan) 1996-yilda Toshkent Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2000-yilda Birmingem universitetini (Buyuk Britaniya) tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.

O‘tgan yillar davomida O‘zbekiston prezidentining Xalq qabulxonasi faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish bo‘limiga rahbarlik qilgan, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari (2020-yilda tayinlangan), O‘zbekiston Ekologik partiyasi raisi (2021-yilda saylangan) bo‘lgan.

U 2021-yil oktabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovda O‘zbekiston prezidentligiga nomzodini ko‘rsatgan va yakunda 4,1 foiz ovoz olgan. O‘sha yilning dekabr oyida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi bo‘lgan.

2022-yil dekabr oyida O‘zbekiston vazirlik va idoralari soni qisqartirilib, qayta tashkil etilganidan so‘ng u tabiat resurslari vazirining o‘rinbosari etib tayinlangandi. Iyun oyida u boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.

алимназар исламкuлов, нарзuлло обломuродов, тошкент moliya instituti

Shuningdek, institut kuzatuv kengashi tomonidan iqtisod fanlari doktori, professor Alimnazar Xujamuratovich Islamkulov Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor etib tayinlandi.