O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Litvaning Vilnyus shahrida UZ Euro O‘zbekiston savdo uyining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

Marosimda Litva hukumati, jamoatchilik va ishbilarmon doiralari vakillari ham ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston va Litva o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish uchun salmoqli salohiyatga ega ekani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdoni faollashtirishga xizmat qiladigan ushbu mexanizmning ishga tushirilishi O‘zbekiston va Litva o‘rtasidagi aloqalarning har tomonlama rivojlanib borayotganining yorqin ifodasi ekanli qayd etildi.

Savdo uyi faoliyati ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi sheriklik va mazmunli muloqotni sezilarli darajada faollashtirishi ta’kidlandi.