Senatning qirq ikkinchi yalpi majlisida “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonun ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda radiochastota spektridan foydalanuvchining o‘z radiochastota spektridan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishni taqiqlash amaliyoti telekommunikatsiyalar tarmoqlarining rivojlanishiga to‘siq bo‘lib kelgan.

Endilikda radiochastota spektridan foydalanuvchilarga o‘zlariga biriktirilgan radiochastota spektridan boshqa foydalanuvchilar bilan birgalikda foydalanish huquqi berilmoqda.

Senatorlarning fikricha, qonunga kiritilayotgan bu kabi o‘zgarishlar radiochastota spektri foydalanuvchilari faoliyatida juda muhim hisoblanib, aloqa xizmatlarining sifatini oshirish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, radioelektron vositalardan foydalanish jarayonini soddalashtirish maqsadida loyihalash bo‘yicha ruxsatnoma olish tartibi bekor qilinmoqda.

Bundan tashqari ma’muriy islohotlar natijasida qayta tashkil etilgan davlat boshqaruvi organlarining nomlari aniqlashtirilmoqda.

Shuningdek, radioelektron vositalardan foydalanish jarayonini soddalashtirish maqsadida loyihalash bo‘yicha ruxsatnoma olish tartibi bekor qilinmoqda. Qonunga kiritilayotgan bu kabi o‘zgarishlar radiochastota spektri foydalanuvchilari faoliyatida juda muhim hisoblanib, aloqa xizmatlarining sifatini oshirish uchun muhim omil bo‘lishi qayd etildi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.