2023-yilning o‘tgan 5 oyida Toshkent metropolitenida 68,5 million yo‘lovchi tashildi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 133,5 fozni tashkil etdi (51,3 mln yo‘lovchi). Eng ko‘p yo‘lovchi oqimi 15,8 mln nafar yo‘lovchi miqdorida 2023-yilning may oyida qayd etilgan.

Oylar kesimida ko‘rsatkichlar:

  • yanvar — 10,4 mln;
  • fevral — 13,7 mln;
  • mart — 14,6 mln;
  • aprel — 14 mln yo‘lovchi.

Avvalroq Transport vazirligi yangi avtobuslar hamda katta va o‘ta katta sig‘imli elektrobuslar xarid qilinganidan keyin Toshkent shahrida avtobus yo‘lovchilari soni keskin oshganini ma’lum qilgandi. Xususan, may oyida kuniga o‘rtacha 782 ming yo‘lovchi tashilgan, bu o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 63 foizga ko‘p degani.