Transport prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda 4-iyun kuni Toshkent viloyati Chinoz tumanida poyezd yo‘lida ayol kishini jasadi yotgani aks etgan videoxabar tarqalgani yuzasidan ma’lumot berdi.

O‘sha kuni soat 06:20 da Xovos-Toshkent yo‘nalishidagi 6453-sonli shaharlararo elektropoyezdi Chinoz-Olmazor bekatlari oralig‘ida harakatlangan vaqtida 1987-yil tug‘ilgan M.S.ni urib yuborgan. Oqibatda fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, M.S. epilepsiya kasalligiga chalingani va bir necha marta uyidan chiqib ketib qolgani holatlari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, deyiladi xabarda.