9-iyun kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahri, Denov, Sariosiyo, Angor, Sherobod, Muzrabot, Qiziriq va Bandixon tumanlarida shamol tezligi 4−12 m/s ga yetishi sababli chang-to‘zon hodisalari yuzaga keldi.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi aholini shamol paytida ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.

“Fuqarolardan chang shamoli bo‘yicha hech qanday murojaatlar kelib tushmagan. Hozirda vaziyat barqaror”, — deyiladi xabarda.

“Soat 10:00 holatiga Termizda ko‘rinish masofasi 200 metrgacha cheklangan. Kuchli chang bo‘roni davom etmoqda. Termizdagi bu chang bo‘roni mintaqada qurg‘oqchilik, cho‘llashish jadal tarzda davom etayotganidan yana bir signal belgisi sifatida namoyon bo‘ldi”, — deb yozdi O‘zgidromet yetakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatov.

Termizda soat 14:00 da ko‘rinish masofasi 800 metrga tushgan. Ko‘rinish masofasi biroz yaxshilangan.