O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-may kuni “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni imzoladi. U uch oydan so‘ng, tamaki mahsulotlari, tamaki va nikotin iste’mol qilish vositalariga qo‘yiladigan qadoqlash va markalash, shuningdek, ularning muomalasiga qo‘yiladigan talablarga oid qoidalari esa to‘qqiz oydan keyin kuchga kiradi.

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 25-oktabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 27-dekabrda ma’qullangan. U 2011-yilda qabul qilingan amaldagi qonun va “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida”gi qonun o‘rnini egallaydi. Qonun uzoq vaqt muhokama qilindi va ikkinchi o‘qishda qabul qilindi. O‘tgan yilning iyun oyida Senat qonun normalari ziddiyati va huquqni qo‘llash amaliyoti yetarlicha o‘rganilmagani, shuningdek, “Reklama to‘g‘risida”gi yangi qonunga mos kelmasligini ko‘rsatib, hujjatni rad etgan edi.

Asosiy o‘zgarishlardan biri alkogol va tamaki mahsulotlarini, shuningdek, tamaki va nikotinni iste’mol qilish uchun vositalarini 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga, 21 yoshga to‘lmagan shaxslar tomonidan sotish taqiqlaydi. Amaldagi qonun 20 yoshga to‘lmagan shaxslarga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotishni taqiqlaydi.

Alkogol va tamaki mahsulotlarini, shuningdek, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini sotishni bevosita amalga oshirayotgan shaxs 21 yoshdan kichik ko‘ringan xaridordan uning shaxsi va yoshini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatishni talab qilishi, hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda esa alkogol va tamaki mahsulotlari sotishni rad etishi shart.

Ushbu mahsulotlarni sotuvchining bevosita ishtirokisiz, shu jumladan savdo avtomatlari va boshqa elektron yoki mexanik qurilmalar orqali, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish javonlaridan hamda elektron tijorat ko‘rinishida sotish (bundan ko‘piklanadigan va tabiiy vinolar mustasno), shu jumladan, har qanday usul bilan yetkazib berish taqiqlanadi.

Ushbu mahsulotlarni ko‘chma va sayyor savdo yo‘li bilan (qo‘l, lotoklarda, savatchalarda, qo‘l aravachalarida), ko‘chmas savdo obyektlaridan tashqarida, dorixonalarda va bolalar tovarlarini sotish uchun mo‘ljallangan binolarda sotish taqiqlanadi.

Maktabgacha bo‘lgan masofa qisqardi

Agar amaldagi qonunda ta’lim, sport va diniy muassasalardan to‘g‘ri chiziqda 200 metrdan kam bo‘lmagan masofada joylashgan savdo obyektlari tomonidan alkogol va tamaki mahsulotlarini sotishga ruxsat berilgan bo‘lsa (maydoni 100 kv.m dan ortiq bo‘lgan savdo majmualari (bozorlar) va yarmarka pavilonlari bundan mustasno), endi bu masofa 100 metrgacha qisqartirildi.

E’tiborlisi, qonunning prezident tomonidan imzolanishidan avval Senat tomonidan ma’qullangan tahririda ushbu mahsulotlarni sotuvchi obyektlar ta’lim, sport va diniy tashkilotlar hududidan (bu so‘z amaldagi normani to‘ldirishi kerak edi) to‘g‘ri chiziq bo‘ylab 200 metrdan yaqinroqda joylashgan bo‘lishi mumkin emasligi ko‘rsatilgandi. Hozirda maktablar va bolalar bog‘chalari yonida sigaret va spirtli ichimliklar do‘konlari joylashgan bo‘lsa, bu holatni do‘konlar va nazorat idoralari 200 metrlik o‘lchov maktab eshigidan boshlab hisoblangan, deb asoslashish holati uchramoqda.

Bolalar tovarlarini sotish uchun mo‘ljallangan binolarda, shuningdek, bolalar o‘yinchoqlariga, konfetlarga yoki bolalar uchun mo‘ljallangan boshqa tovarlarga o‘xshatib ishlangan alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlanadi.

Ushbu mahsulotlarni sog‘liqni saqlash tashkilotlari, ta’lim muassasalari, madaniyat muassasalari, sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, sanatoriylar va tibbiy-ijtimoiy muassasalar hududida sotish mumkin emas.

Tamaki va nikotinni iste’mol qilish moslamalarini boshqa tovarlar bilan birga sotish taqiqlanadi

Agar iste’mol o‘rami (qutisi)da tibbiy ogohlantirish bo‘lmasa, tamaki mahsulotlarining iste’mol o‘ramida 20 dan kam sigareta bo‘lsa, iste’mol o‘ramisiz (paketi, bloki) yoki donalik (sigaretalar) bo‘lsa, ushbu mahsulotlarni sotish taqiqlanadi.

Shuningdek, tamaki va tamaki hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari bo‘lmagan tovarlarni tamaki mahsulotlari va tamaki hamda nikotinni iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan moslamalar bilan bitta to‘plamda sotish mumkin emas.

Temir yo‘l vokzallari, avtovokzallar, aeroportlar, daryo portlari, metro bekatlarining hududlari va ularning binolarida (boj olinmaydigan do‘konlar bundan mustasno) tamaki mahsulotlarini, shuningdek, tamaki va nikotindan foydalanishga mo‘ljallangan vositalarni sotish taqiqlanadi.

Fuqarolar oldidagi kafolatlar va ularning majburiyatlari

Qonun fuqarolarga tamaki tutuni va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish jarayonida ajralib chiqadigan moddalarsiz qulay yashash muhitidan foydalanish huquqini kafolatlaydi.

Bundan tashqari, alkogol va tamaki mahsulotlarini tarqatish va iste’mol qilishni cheklash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini boshqa shaxslar tomonidan buzish natijasida fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash kafolatlanadi.

Qonun fuqarolarni nafaqat alkogol va tamaki mahsulotlarini tarqatish va iste’mol qilishni cheklash to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilishni, balki “bolalarda alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishga salbiy munosabatni shakllantirish, shuningdek, ularning alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish jarayoniga jalb qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi haqida g‘amxo‘rlik qiladi”.