«alkogol» tegli maqolalar


Saudiya Arabistonida ilk bor spirtli ichimliklar do‘koni ochiladi
25 yanvar 2024, 17:54

Saudiya Arabistonida ilk bor spirtli ichimliklar do‘koni ochiladi

Saudiya Arabistonida uzoq yillardan beri ilk bor spirtli ichimliklar do‘koni ochiladi. U yerda musulmon bo‘lmagan davlatlarning diplomatlari ichimlik sotib olishi mumkin bo‘ladi. Shu orqali rasmiylar diplomatik vakolatxonalar pochta orqali keladigan spirtli ichimliklarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashmoqchi.

Samarqand vino kombinatida qalbaki aksiz markali 631,7 mln so‘mlik alkogol mahsulotlari ishlab chiqarilgani aniqlandi
15 noyabr 2023, 11:46

Samarqand vino kombinatida qalbaki aksiz markali 631,7 mln so‘mlik alkogol mahsulotlari ishlab chiqarilgani aniqlandi

“Xovrenko” nomidagi Samarqand vino kombinatida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari ishlab chiqarilayotgani aniqlandi. Tadbir yakunida jami 631,7 mln so‘mlik tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Alkogol va tamakini sotish yoshi oshirildi, maktab va do‘konlar orasidagi masofasi esa qisqardi
25 may 2023, 16:01

Alkogol va tamakini sotish yoshi oshirildi, maktab va do‘konlar orasidagi masofasi esa qisqardi

Prezident alkogol va tamaki mahsulotlari iste’molini cheklash to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririni imzoladi. Qonun bilan ushbu mahsulotlarni 21 yoshgacha bo‘lganlarga sotish taqiqlandi. Maktablardan do‘konlargacha bo‘lgan masofa 100 metrgacha qisqartirildi. Elektron sigaretlarni tartibga solish boshlanadi.

O‘zbekistonda 21 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga tamaki va spirtli ichimliklar sotish taqiqlanadi
28 dekabr 2022, 12:15

O‘zbekistonda 21 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga tamaki va spirtli ichimliklar sotish taqiqlanadi

Senat 21 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga tamaki mahsulotlari, elektron sigaretalar va spirtli ichimliklarni internet hamda savdo avtomatlar orqali sotishni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi. Taqiqlar ro‘yxati sezilarli darajada kengaytirildi.

O‘zbekistonda bolalar va homilador ayollar mavjud bo‘lgan transportlarda chekish taqiqlanadi
28 dekabr 2022, 11:16

O‘zbekistonda bolalar va homilador ayollar mavjud bo‘lgan transportlarda chekish taqiqlanadi

O‘zbekistonda bolalar va homilador ayollar mavjud bo‘lgan transportlarda spirtli ichimliklar, tamaki va elektron sigaretalardan foydalanish taqiqlanadi. Yangi qonunga, eskisidan farqli o‘laroq, jamoat joylarining batafsil ro‘yxati kiritildi (Ro‘yxat).

21 yoshga to‘lmaganlarga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlanishi kutilmoqda
21 dekabr 2022, 16:05

21 yoshga to‘lmaganlarga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlanishi kutilmoqda

O‘zbekistonda alkogol va tamaki mahsulotlari realizatsiya qilishdagi yosh chegarasi amaldagi qonunga nisbatan bir yoshga uzaytirilib, 21 yosh etib belgilanishi mumkin. Bu bo‘yicha qonun loyihasi Senatning navbatdagi yalpi majlisiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.

Toshkentda to‘rt kishi alkogoldan zaharlanib vafot etdi
10 oktabr 2022, 23:19

Toshkentda to‘rt kishi alkogoldan zaharlanib vafot etdi

Toshkentda so‘nggi ikki kun ichida to‘rt kishi spirtli ichimliklardan zaharlanishdan vafot etdi, bir kishi komada. Prokuratura xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlar ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Senat alkogol va tamaki mahsulotlari tarqatilishi va iste’molini cheklashga oid qonunni rad etdi
13 iyun 2022, 13:58

Senat alkogol va tamaki mahsulotlari tarqatilishi va iste’molini cheklashga oid qonunni rad etdi

Senat alkogol va tamaki mahsulotlarini tarqatish va iste’molini cheklashga oid qonunni rad etdi. Senatorlar normalardagi ziddiyat va huquqni qo‘llash amaliyoti yetarlicha o‘rganilmaganini ta’kidladi. Qonun mahalliy pivo va vinolarni reklama qilishga ruxsat beruvchi qonunga muvofiqlashtirilishi kerakligi aytildi.

Spirtli ichimliklarning ijtimoiy tarmoqlardagi transchegaraviy reklamasi dunyoda alkogol muammosini yanada kuchaytiradi — JSST
13 may 2022, 11:20

Spirtli ichimliklarning ijtimoiy tarmoqlardagi transchegaraviy reklamasi dunyoda alkogol muammosini yanada kuchaytiradi — JSST

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti onlayn media va ijtimoiy tarmoqlarning transchegaraviy imkoniyati tufayli nazorat qilish qiyin bo‘lgan alkogolning agressiv raqamli marketingidan ogohlantirmoqda. Mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik va alkogol marketingini xalqaro tartibga solish dunyodagi yoshlarning hayotini saqlab qolishi va yaxshilashi mumkin, deb hisoblaydi tashkilot.

Namanganda 12 nafar fuqaro spirtli ichimlikdan zaharlandi
5 yanvar 2021, 11:02

Namanganda 12 nafar fuqaro spirtli ichimlikdan zaharlandi

Namangan viloyatining To‘raqurg‘on tumanida 12 nafar fuqaro Qirg‘iziston spirtli ichimligidan zaharlandi. Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

BAAda spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga ruxsat berildi
9 noyabr 2020, 13:28

BAAda spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga ruxsat berildi

BAA hukumati spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, o‘z joniga qasd qilishga urinish va turmush qurmagan juftliklarning birgalikda yashaganligi uchun belgilangan jazolarni bekor qildi.

Alkogol chakana savdosi uchun guvohnoma cheklanmagan muddatga beriladi
24 iyul 2020, 11:07

Alkogol chakana savdosi uchun guvohnoma cheklanmagan muddatga beriladi

O‘zbekistonda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish va vinochilikni rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Shu bilan birga, 1 avgustdan boshlab alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish uchun guvohnoma cheklanmagan muddatga beriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting