O‘zbekiston Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati 2022-yil 1−2-iyul kunlari Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarga oid jinoyat ishi bo‘yicha birinchi sud majlisi yuzasidan 16 nafar mahkumning apellyatsiya shikoyatini, shuningdek, shartli ravishda hukm qilingan 4 nafar sudlanuvchiga nisbatan prokuror protestini ko‘rib chiqishni davom ettirmoqda.

dauлyeтмuрат тажимuратов, нuкuс воқyeалари, sud, қорақалпоғистон

11-may

11-may kuni asosiy figurant Dauletmurat Tajimuratov o‘z nutqini davom ettirdi (video). U ayblovlar bo‘yicha haqida gapirar ekan, qonunlarga havolalar keltirdi va noaniqliklarni sanab o‘tdi. Uning nutqi deyarli 1,5 soat davom etdi. Birinchi sud majlisidagi bahs-munozarada uning nutqidan ayrim fikrlar takror keltirildi.

dauлyeтмuрат тажимuратов, нuкuс воқyeалари, sud, қорақалпоғистон

Tajimuratovning advokati Sergey Mayorovning aytishicha, sudlanuvchiga nisbatan ayblov ikki pozitsiyaga asoslanadi: sud ekspertizasining xulosasi hamda hukm va bayonnomalarda buzib ko‘rsatilgan guvohlarning ko‘rsatmalari.

Himoyachining ta’kidlashicha, u avvalroq ekspertlarni taklif qilish to‘g‘risida murojaat qilgan, lekin sud bunga hali vaqtli ekanligini bildirgan. U suddan sudlanuvchining nutqini o‘rgangan ekspertlarni so‘roqqa taklif qilishni so‘radi. Mayorov, shu jumladan, Tajimuratovning harakatlarida “na konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darish chaqirig‘i, na prezidentga tajovuz qilish va na boshqa salbiy holatlar mavjud emas”ligi ko‘rsatilgan “ijobiy” xulosalar bergan mutaxassislarni ham chaqirishni so‘radi.

Advokat Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 14-moddasi 3-qismining “ye” bandiga ishora qildi. Unga ko‘ra, sudlanuvchi o‘ziga qarshi ko‘rsatma bergan guvohlarni so‘roq qilish huquqiga ega.

Sud ekspertizasi to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, ekspertlar xulosani tahlil qilishlari, to‘liq ismi (familiyasi, ismi, otasining ismi, ma’lumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va sud ekspertizasini o‘tkazish topshirilgan tashkilot haqida ma’lumotlarni ko‘rsatishlari shart, lekin bu amalga oshirilmadi, dedi Mayorov.

dauлyeтмuрат тажимuратов, нuкuс воқyeалари, sud, қорақалпоғистон

Unga ko‘ra, mazkur ish bo‘yicha Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi va DXX tomonidan o‘tkazilgan uchta ekspertiza xulosasi mavjud. Ekspertiza predmetlari sifatida asosan masjid, bozor, yo‘ltanlamas mashina tomida, Tajimuratovning tarmoqlar va sahifalaridagi videolari keltirilgan. Tergovchilarning Tajimuratov harakatlarida konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga qaratilgan harakatlar bor-yo‘qligi haqidagi savoliga aksariyat ekspertlar ijobiy javob bergan.

Gap siyosatshunoslik-lingvistik va psixologik kompleks ekspertiza haqida ketyapti, biroq matndan ekspertlarning qaysi biri ma’lum bir javob uchun mas’ul ekanini tushunib bo‘lmaydi, dedi advokat. Shuningdek, ekspertiza o‘z xulosalarida Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasi tilga olinmay, faqat O‘zbekiston Konstitutsiyasi ko‘rsatilganini ta’kidladi.

dauлyeтмuрат тажимuратов, нuкuс воқyeалари, sud, қорақалпоғистон

Mayorovning qayd etishicha, Tajimuratov 1-iyul kuni Prado yo‘ltanlamas mashinasi tomida Jo‘qorg‘i Kenges rahbari Murat Kamalovning yonida turib, “xalqni tarqalishga, masalani tinch yo‘l bilan hal qilishga va har qanday holatda ham huquq-tartibot idoralari bilan konfliktga bormaslikka chaqirgan”. Uning so‘zlariga ko‘ra, ekspertlar “bu nutqning mohiyatini buzib, butunlay teskarisini da’vo qilgan”.

Himoyachi ushbu lahzalar aks etgan video birinchi instansiya sudida o‘rganish mavzusi bo‘lmaganini ta’kidladi va buni hozirgi sud jarayonida amalga oshirish mumkinligiga umid bildirdi.

Sergey Mayorov Tajimuratov ham Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlarga qarshi chiqqan boshqa qoraqalpoqlar singari o‘zining konstitutsiyaviy huquqidan foydalangani va “bu jinoyat emasligini” aytdi. Uning eslatishicha, natijada prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston xalqi rozi bo‘lmagan tuzatishlarni rad etish bo‘yicha topshiriq bergan.

dauлyeтмuрат тажимuратов, нuкuс воқyeалари, sud, қорақалпоғистон

Advokat, shuningdek, Tajimuratovni 16 yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi qaror “noqonuniy va adolatsiz” ekanini aytdi. U suddan ayblanuvchini oqlash va ozod qilish, shuningdek, apellyatsiya instansiyasi sudining qarori chiqqunga qadar ehtiyot chorasini o‘zgartirish va qamoqdan ozod qilishni so‘radi.

Shunga qaramasdan Dauletmurat Tajimuratov advokatining ehtiyot chorasini o‘zgartirish haqidagi iltimosini rad etdi. Shuningdek, u O‘zbekiston siyosatiga qarshi emasligini qo‘shimcha qildi.

“Yashirmayman, ozod bo‘lishni xohlayman. Ayniqsa, bu yerda bo‘lishni xohlamayman. Men hech qachon O‘zbekistonga qarshi bo‘lmaganman, hukumatni ag‘darishga urinish ham bo‘lmagan. Men hali ham o‘zimni — prezident eng ko‘p ishonadigan odam deb bilaman. Meni qamoqxona tuzatmaydi”, — dedi sudlanuvchi.

Sergey Mayorov, shuningdek, sud majlislari soat 18:00 da tugayotgani, shu sababli keyingi majlisga tayyorgarlik ko‘rish uchun sudlanuvchi bilan muloqot qilish imkoniyati yo‘q yoki vaqt yetarli emasligini ta’kidladi.

dauлyeтмuрат тажимuратов, нuкuс воқyeалари, sud, қорақалпоғистон

Hakamlar hay’ati Tajimuratovni hibsdan ozod etish haqidagi iltimosni rad etdi, biroq ekspertlarni chaqirishga rozi bo‘ldi.

Sud majlisning onlayn translyatsiyasini to‘xtatib qo‘yishni so‘radi, chunki Jinoyat-protsessual kodeksiga binoan guvohlar boshqa guvohlarning ko‘rsatmalaridan boxabar bo‘lmasligi kerak.

dauлyeтмuрат тажимuратов, нuкuс воқyeалари, sud, қорақалпоғистон

Ekspertlar o‘sha kuni tushdan keyin sudga chaqirildi. So‘roq paytida o‘zini siyosatchi deb tanishtirgan ekspertlardan biri Tajimuratov Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish masalasini tinch yo‘l bilan muhokama qilishga chaqirgan bo‘lsa-da, yashirincha hokimiyatni tortib olishni istaganini ta’kidladi.

“Bu — professorning mutlaqo absurd bayonoti. Uning so‘zlarini o‘zi havola etayotgan materiallar tahlili tasdiqlamaydi”, — dedi Sergey Mayorov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, siyosatchi xulosa qilishida unga Tajimuratovning nutqi asl (qoraqalpoq) tilida taqdim etilmagan, balki o‘zbek tiliga tarjima qilingan nutqidan foydalanilgan, shu sababli nutq noto‘g‘ri talqin qilingan bo‘lishi ehtimoli bor.

12-may

12-may kuni ekspertlarni so‘roq qilish davom etdi. Shu kuni 2022-yil 1 va 2-iyul kunlari Nukus va Qoraqalpog‘istondagi tumanlarda suratga olingan kadrlardan iborat kichik film namoyish etildi. Sud “Gazeta.uz”ga ushbu filmni yozib olishga ruxsat berdi.

Musiqa hamohangligidagi video Dauletmurat Tajimuratovning masjid oldida qanday nutq so‘zlayotgani, so‘ngra hibsga olinganidan so‘ng uning uyi oldiga odamlar to‘plangani aks etgan. Keyinroq odamlar Nukus ko‘chalarida to‘plangan.

Videoda (jumladan, dronlardan olingan) Nukusning markaziy ko‘chasida odamlar yig‘ilgani, Tajimuratov va Murat Kamalovning chiqishlari aks etgan. Keyin Jo‘qorg‘i Kengesga yig‘ilgan odamlar ko‘rsatilgan. Videoda suv purkovchi mashina (vodomyot) va tutunli shashkalardan foydalanilganini ko‘rish mumkin. So‘ngra Tajimuratovning o‘z uyidagi chiqishi ko‘rsatiladi.

Ikkinchi kundan olingan kadrlarda Qoraqalpog‘iston bayroqlari bilan ko‘chalarda harakatlanayotgan mashinalar, yigitlar va erkaklar tosh otib, g‘ildiraklarni yoqib yuborayotganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, Face-ID tizimi yordamida shaxsi aniqlangan ishtirokchilarning suratlari ko‘rsatilgan.

dauлyeтмuрат тажимuратов, нuкuс воқyeалари, sud, қорақалпоғистон

Advokat Sergey Mayorovning ta’kidlashicha, film jinoyat ishidagi voqealarni tasdiqlovchi dalil yoki material emas, balki “voqealarga oid jurnalistik hissiyotli xabar” hisoblanadi.

Uning fikricha, ko‘rsatilgan kadrlar “isbot uchun arzimas ahamiyatga ega”. Tajimuratovning masjid oldidagi nutqi qoraqalpoq tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan va tarjimada noaniqliklar bor, deya qo‘shimcha qildi u.

dauлyeтмuрат тажимuратов, нuкuс воқyeалари, sud, қорақалпоғистон

Ekspertlarni so‘roq qilish 15-may, dushanba kuni ham davom etdi.

16-may kungi sud majlisida esa jinoyat ishi doirasida 4 nafar guvohning ko‘rsatmalari tinglandi. Shundan so‘ng sudlanuvchilarning iltimosnomalari eshitilib, muhokama qilindi.