11-may kuni “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ulug‘bek Rozuqulov va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Akilbek Japarov ishtirokida Qirg‘izistonning Chuy viloyatidagi “Altin tulpar unaa kurulush” avtomobil hamda tijorat uskunalarini yig‘ish va ishlab chiqarish zavodining qurilishi boshlandi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati saytida xabar berildi.

акилбек жапаров, алтын tulpar unaa kurulush, узавтосаноат, улуғбек розуқулов, қирғизистон

Yanvar oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi chog‘ida avtomobil va tijorat texnikasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim imzolangandi.

акилбек жапаров, алтын tulpar unaa kurulush, узавтосаноат, улуғбек розуқулов, қирғизистон

Mart oyida esa Akilbek Japarovning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va Qirg‘izistonning “DT Technik” MCHJ hamda “NUR” AJ o‘rtasida avtomobil va tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish (SDK) bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolangan.

“Zavod qurilishi „har ikki davlat uchun ham strategik muhim loyihadir“”, — dedi Akilbek Japarov marosimda.

акилбек жапаров, алтын tulpar unaa kurulush, узавтосаноат, улуғбек розуқулов, қирғизистон

Dastlabki bosqichda zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 10 ming dona avtomobilni tashkil etadi, shuningdek, mingdan ortiq doimiy ish o‘rni yaratiladi, deyiladi xabarda.