O‘zbekiston Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar bo‘yicha jinoyat ishi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan birinchi sud jarayonida aybdor deb topilgan shaxslarning apellatsiyalarini Toshkent shahrida ko‘rib chiqadi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.

Ishni apellyatsiya instansiyasida ko‘rish sanasi yaqin kunlarda ma’lum qilinadi.

Mart oyi oxirida Nukus voqealari bo‘yicha birinchi sudlangan 22 nafar mahkumdan 16 nafari dastlabki instansiya sudining qarori ustidan apellyatsiya shikoyati bergani haqida xabar bergan edik. Ular orasida jurnalist va huquqshunos Dauletmurat Tajimuratov, Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv boshqarmasi sobiq boshlig‘i, marhum Polat Shamshetov, Saipnazar Kalimov, Sultanbek Kaipov va boshqalar bor.

Dauletmurat Tajimuratov manfaatlarini himoya qiluvchi “Simay Kom” byurosi advokati Sergey Mayorovning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, uning himoyasidagi shaxs sudda ishtirok etish uchun Buxoro viloyatidagi qamoqxonadan Toshkentdagi 1-sonli tergov izolyatori (“Toshturma”)ga vaqtincha ko‘chirilgan.

Kuni kecha u prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va huquq himoyachilariga Dauletmurat Tajimuratovning hibsga olinishi yuzasidan videomurojaat bilan chiqdi.

Unda 6-aprel kuni Toshkentda Tojimuratov ko‘chirilgandan so‘ng “uning soch-soqolini olib tashlangani”ni aytdi. “Unga nisbatan chiqarilgan hukm hali qonuniy kuchga kirgani yo‘q, u aybi isbotlangan va hukm qonuniy kuchga kirgan jinoyatchi deb hisoblanmaydi. Bu noqonuniy bo‘lgan”, — degan va Tojimuratov u “siyosiy mahbus” deb atagan.

Advokatning ta’kidlashicha, mahkumga “paxtasi yo‘q, eski va yirtiq matras, hidlangan yostiq va juda yomon choyshab” berilgan. Shuningdek, u Tojimuratovni xalq tilida “loxmachlar” deb ataladigan mahbuslar bilan birga qo‘yishganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 31-yanvar kuni birinchi instansiya sudi “El xizmetinde” gazetasi sobiq bosh muharriri Dauletmurat Tajimuratovni hokimiyat yoki konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darish uchun til biriktirish, o‘ta ko‘p miqdorda o‘zlashtirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qonuniylashtirish, tartibsizliklar tashkil etish, hokimiyat vakiliga qurol ishlatish yoki qo‘llash tahdidi bilan qarshilik ko‘rsatish va boshqa jinoyatlarda aybdor deb topilib, 16 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.