7-aprel kuni prezident “Ma’muriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjatda Yoshlar siyosati va sport vazirligi faoliyatining 9 ta ustuvor yo‘nalishi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari har yili 1-fevralga qadar o‘z tizimlarida yillik “Yoshlar dasturi”ni tasdiqlab olishi kerak.

1-yanvardan boshlab davlat tashkilotlari o‘tkazadigan yoshlar festivallari, forumlar, loyihalar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar haqida ma’lumot yoshlarportali.uz yagona elektron platformasida e’lon qilinadi.

Shuningdek, 1-yanvarga qadar sport sohasini raqamlashtirish bo‘yicha “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi ishga tushiriladi hamda UzASBO dasturidagi ma’lumotlar bilan integratsiya qilinadi. Bunda Yoshlar siyosati va sport vazirligi o‘z mablag‘lari hisobidan joylarda sport obyektlari va inshootlarini barpo etadigan bo‘lsa, uning kamida 30%i elektron tizim orqali ushbu hududda yashovchi aholi tomonidan ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.

1-iyuldan boshlab sportchi identifikatsiya kartalari uchun to‘lovlar miqdori uch barobarga kamaytirilib, 55 ming so‘m bo‘ladi, ulardan foydalanish muddati 5 yil.

1-martdan boshlab sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan rasmiy musobaqalarda ishtirok etishi uchun sportchilarning mansubligi va ularning malakasini identifikatsiya kartalari (ID-karta) orqali aniqlanadi.

Qaror bilan sport musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar va ularni tayyorlagan murabbiylarni rag‘batlantirish uchun mablag‘larning miqdorlari tasdiqlanmoqda. Unga ko‘ra:

yoshlar siyosati va sport vazirligi, prezident қарорi, sport

yoshlar siyosati va sport vazirligi, prezident қарорi, sport

yoshlar siyosati va sport vazirligi, prezident қарорi, sport

Shuningdek, 1-iyuldan Yoshlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasi ta’sis etilib, uning miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3 baravarini (2 mln 940 ming so‘m) tashkil etadi. Ushbu stipendiya tayinlangan sportchilarga o‘zini o‘zi band qilish huquqi beriladi.

(Mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori 2023-yilning may oyidan boshlab, 980 ming so‘m etib belgilanadi)

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarga Prezident Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasiga idoraviy mansub bo‘lgan tibbiyot muassasalarida belgilangan tartibda umrbod bepul tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi beriladi.

Hujjat e’lon qilingan sanadan kuchga kirdi.