Kuzga borib Toshkent ko‘chalardagi transport qatnovi bilan bog‘liq vaziyat “2022-yil sentabriga qaraganda yanada og‘irlashadi, dedi Transport vazirligi huzuridagi Poytaxt transport tizimini kompleks rivojlantirish loyiha boshqarmasi direktori Murod Obidov “Gazeta.uz”ga.

U keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentda har kuni 300 ga yaqin yangi avtomobil ro‘yxatga olinadi. Bugungi kunda poytaxtda ro‘yxatga olingan avtotransport vositalarining umumiy soni allaqachon 700 mingdan oshgan. Shaharga kirib kelayotgan avtomashinalarni hisobga olinsa, Toshkent bo‘ylab har kuni 800 mingdan ortiq avtomobil harakatlanadi.

“Bugungi kunda infratuzilmadagi transport yuki mumkin bo‘lgan chegara chizig‘ida. Biz transport muammolarini hal qilishimiz, aholining harakatlanishga bo‘lgan talabini yaqin 5−7 yil davomida qondirishimiz kerak”, — dedi Murod Obidov.

Ko‘chalardagi tirbandlik muammosining yechimlaridan biri jamoat transportining ustuvorligini ta’minlash va uning ishlashi ishonchliligini oshirishdan iborat. Qishda markaziy ko‘chalarning ayrim qismlarida nihoyat avtobuslar va yo‘nalishli taksilar uchun ajratilgan alohida yo‘laklar paydo bo‘ldi. Ular hali hamma joyda kerakli darajada ishlamayapti, ammo ta’siri allaqachon sezildi.

2023-yilda poytaxtdagi mavjud 34 ta asosiy ko‘chalarning 13 tasida alohida ajratilgan yo‘laklarni joriy etish, shuningdek, mazkur yo‘laklarda joylashgan chorrahalarni muvofiqlashtirilgan holda boshqarish uchun “aqlli” svetoforlar o‘rnatish rejalashtirilgan. Shaharda 190 dan ortiq shunday chorrahalar mavjud.

ajratilgan йўлак, jamoat transporti

150 ta chorrahada (poytaxtda 600 ta svetoforli chorraha mavjud) svetofor obyektlarining texnik tavsiflari ularni muvofiqlashtirilgan boshqaruvga ulash imkonini beradi.

ajratilgan йўлак, jamoat transporti

Ishning bajarilishi moliyaviy sabablar tufayli kechikishi mumkin, deya ogohlantirdi Murod Obidov.

2025-yilga borib jamoat transportida kunlik yo‘lovchi tashish hajmini 3 million yo‘lovchiga yetkazish rejalashtirilgan. Buning uchun avtobus parkini to‘ldirishdan tashqari, yangi metro poyezdlarini xarid qilish kerak bo‘ladi.

“Ammo bu ham yakuniy maqsad emas, chunki bizning dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bugungi kunda kuniga 6 million yo‘lovchini transportga ehtiyoji bor. Kelgusida talab kontsentratsiyasidan kelib chiqib, xuddi shu avtobus tizimini takomillashtirish va boshqa jamoat transporti turlarini ham ko‘rib chiqamiz”, — dedi Murod Abidov.

“Boshqa transport turi” deganda, avvalroq Murod Obidov aytganidek, tramvayni ham tushunish kerak.

Bir kun avval transport vaziri Ilhom Mahkamov tramvayning Toshkentga qaytishi ancha vaqt talab qiladigan murakkab loyiha ekanini aytgan edi. Birinchi yo‘nalish “Do‘stlik” metro bekatidan “Yangi O‘zbekiston” bog‘i bo‘ylab qurilishi rejalashtirilgan Yangi Toshkent tomon bo‘lishi mumkin.